O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə176/183
tarix10.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128011
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   183
педагог диагнос ва коррекция дарслик 2023 27 03

Tashxislovchi metodlar – olingan natijalar asosida psixologik hamda pedagogik jarayonning mohiyatini, muayyan shaxsga yoki shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ning o‘ziga xos xususiyatlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni o‘lchash, ularni o‘zaro solishtirish va tasdiqlashga xizmat qiladigan metodlar. Odatda, tashxis metodlari sifatida anketa, suhbat, test, intervyu, pedagogik kuzatish, ekspert baholash, natijalarni matematik qayta ishlash (matematik-statistik metod) kabilar qo‘llaniladi.
Tashxislovchi texnika pedagog yoki mutaxassis tomonidan samarali o‘zlashtirilib, o‘rganilayotgan shaxs (o‘quvchi, tarbiyalanuvchi) yoki shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlarini amalda samarali qo‘llashga imkon beradigan bilim, ko‘nikma, malaka va tajribalar yig‘indisi.
Tekshirish (yoki tekshiruvdan o‘tkazish) – tadqiqot ob’ekti bo‘lgan shaxs yoki jarayonga oid dalillarning tashxis ma’lumotlari bilan o‘zaro solishtirish va ularning tasdiqlanishini ta’minlovchi jarayon.
Test metodi (ingl. “test” – sinash, tekshirish) – o‘rganilayotgan shaxsning aqliy rivojlanish darajasi, qobiliyati, muayyan ish-harakat, faoliyatni bajarishga doir ko‘nikma, malakalari, shaxsiy va irodaviy sifatlari, ruhiy xususiyatlari, shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashda qo‘llaniladigan qisqa standart tekshirish yoki sinov usuli.
Tugallanmagan rasmlar” testi (Ellis Pol Torrens) – testlar to‘plami shaxsning rasmli topshiriqlarni bajarish orqali fikrlash qobiliyatiga, fikrlarni orginal ifodalash layoqatiga egaligini aniqlash imkonini beradigan metod.
Fanlarni o‘zlashtira olmaslikni korreksiyalash (pedagogik tuzatish) – o‘quvchi tomonidan qayd etilgan natijalarning ta’lim, didaktik, DTS talablariga mos kelmasligini bartaraf qilishga qaratilgan pedagogik faoliyatni tashkil qilish.
Fanlarni o‘zlashtira olmaslik – o‘quvchi tomonidan qayd etilgan natijalarning ta’lim, didaktik hamda DTS talablariga mos kelmasligi.
Fokal ob’ektlar” metodi (asoschisi – Charlz Vayting; ing. “focal“ – “o‘zak”, “manba”, “o‘choq”) – turli ob’ektlarga xos bo‘lgan belgilarni birgina predmetda aks etishiga erishish imkonini beradigan metod.
Shaxs – jamiyatning psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari, xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadigan, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega azosi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin