O‘zini o‘zi boshqarish – shaxsning muloqot, xulq-atvor hamda faoliyatda o‘z faolligini boshqarish asosida maqsadga muvofiq holda o‘zgarishi. Ijodiy jarayon bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish shaxsning muhim vaziyatlarda o‘zini anglashi, yangi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yishi, ularga erishish yo‘lida to‘g‘ri qarorga kelish vositalarini izlashini ifodalovchi ijodiy jarayon sanaladi.
O‘zini o‘zi nazorat qilish– shaxsning zarur irodaviy sifatlarini namoyon etgan holda turli vazifatlarda o‘z qarashlari, o‘y-fikrlari, his-tuyg‘ulari, xulq- atvorini nazorat ostiga olish malakasiga egalik.
O‘lchashnatijalariningasoslanganligi (ingl. “validity” – yaroqlilik (haqqoniylik, qonuniylik) – qo‘llanilgan metodika hamda muayyan sharoitlarda amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining haqqoniyligi va yaroqliligi.
O‘lchashnatijalariningishonchliligi (ing. “reliability”) – olingan natijalarning aniqligi va ularning tasodifiy omillarga ta’siriga barqarorligini ifodalovchi tavsif. Natijalarning ishonchliligi o‘lchash ishlarining haqiqatda, tashxislash yoki tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda belgilangan talab, aniqlangan mezonlarga muvofiq amalga oshirilganligini anglatadi.
O‘lchash – qandaydir belgining ahamiyati, qiymatini aniqlash jarayoni.
O‘lchov(yokio‘lchovbirligi) – muayyan ko‘rsatkichni miqdor jihatdan baholash uchun qabul qilingan kattalik.
O‘quvchilar jamoasi – ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida bir necha o‘quvchilardan tashkil topgan guruh.
O‘quvchilarjamoasiningtarbiyaviyimkoniyatlari – sinf (guruh) jamoasining har bir o‘quvchiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish quvvati va qobiliyatlariga egaligi.
O‘quvchilarjamoasiningtarbiyaviyimkoniyatlarinitashxislash – sinf (guruh) jamoasining har bir o‘quvchiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish quvvati va qobiliyatlariga egaligini aniqlash va mavjud darajasini baholash. Korreksiyalashda o‘quvchilar jamoasining tarbiyaviy imkoniyati asosida o‘quvchiga ko‘rsatiladigan
136Челышкова М.Б. Теория и практика конструирования педагогических тестов. – М.: Педагогика, 2001. – С. 359.
137 Демьянович О.В. Самооценка как социально-психологический феномен // http://www.sch612. edusite.ru/samoocenka.pdf.
ta’sir quyidagi metodlar asosida amalga oshiriladi: