Maqsadninganiqligi. Tashxislash jarayonida maqsadning aniqligi o‘quvchilar duch kelayotgan qiyinchiliklarni aniqlash, muayyan sifatlarga egalik darajasini belgilash hamda kutilgan natijalarni bashoratlash imkoniyatini ta’minlaydi.
Tashxisjarayoniningyaxlito‘rganilishi. Ob’ekt yoki sub’ektni tashxislashga qaratilgan jarayonning yaxlit tashkil etilishi o‘qituvchi ega bo‘lgan ma’lumotlarni har tomonlama tahlil qilish, tashxis va baholashda barcha omillar, tarkibiy qismlarni,
ularning o‘zaro aloqadorligini inobatga olinishini ta’minlaydi.
Tashxismuddatininganiqbelgilanishi. Pedagogik jarayonda tashxis muddatlarini to‘g‘ri, oqilona belgilash va ularning aniqligiga erishish olingan natijalarning ishonchli, haqqoniy bo‘lishiga yordam beradi. Qolaversa, o‘qituvchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishgan yoki erishmaganligini aniq belgilanishini ta’minlaydi. Tashxis muddatining aniqligi natijalarni haqqoniy va ishonch bo‘lishiga yordam beradi.
Tashxisjarayoniningizchilligivadavomiyligi. Pedagogik jarayonining izchil, davomiy bo‘lishi bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentlik sifatlarini o‘zlashtirishda o‘quvchilar duch kelayotgan to‘siq va muammolarni aniqlash, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etib borish imkonini beradi.
Shaxsiyxususiyatlarniinobatgaolishvako‘pomillik. Pedagogik tashxislashda o‘rganilayotgan sub’ekt (o‘quvchi, o‘quvchilar sinfi) yoki ob’ektga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarga tayanib ish ko‘rish, ularni sinchiklab, puxta o‘rganish, tahlil qilish zarurligini anglatadi. Ko‘p omillik esa tashxislanayotgan o‘quvchini shaxs sifatida rivojlantirish yoki jarayon (ta’lim, tarbiya jarayoni)ning sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan omillarni aniqlash, tizimlashtirish, o‘quvchilarning mavjud bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarning asosli, to‘g‘ri bo‘lishiga yordam beradi.