Intervyu metodi. Pedagogik diagnostikada qo‘llaniladigan tashxislovchi metodlar orasida intervyumetodi ham muhim ahamiyatga ega.
Intervyu metodi – respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etishorqaliuning tadqiq etilayotgan muammo, yoki umumiy muammoningbirorjihatiniyorituvchihodisaganisbatanmunosabatinio‘rganishmetodi. Ushbu metod respondent e’tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o‘tkaziladi. Metodning samarali qo‘llash uchun o‘qituvchi yoki mutaxassis quyidagi shartlarga rioya qilishi zarur:
intervyu olinadigan o‘quvchiga beriladigan savol maqsaddan kelib chiqqan holda puxta shakllantirishi lozim;
intervyu jarayonida o‘quvchining savol yuzasidan erkin fikr bildirishiga imkon berishi zarur;
o‘quvchining fikrlari muhokama qilinmaydi yoki intervyu jarayonida unga nasihat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi42.
Anketametodi. Tashxislovchi yozma metodlar sirasiga anketametodi
kiritilgan.
Anketametodi(fr.“enquete”–surishtirish,ma’lumotolish,tekshirish) – pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida dalillar to‘plash maqsadidaqo‘llanilib, tizimlisavollaryordamidarespondentlarbilan muloqotnitashkil etishgaasoslanadigan metod.
Pedagogik diagnostikada tashxislovchi vosita sifatida anketadan foydalaniladi.
Anketa– og‘zaki yoki yozma ravishda dastlabki ijtimoiy va ijtimoiy-pedagogik ma’lumotlarni olishda qo‘llaniladigan metodik vosita, so‘rovvositasi. Mazkur metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to‘plangan dalillar boyitiladi. Muloqot tizimli savollar asosida tashkil etiladi. Savollarga javoblar, odatda, yozma ravishda olinadi. O‘rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketalar quyidagicha bo‘ladi:
ochiq savollar (erkin, batafsil javob berish uchun imkon yaratadigan savollar)ga ega anketa;
yopiq savollar (“ha”, “yo‘q”, “ijobiy”, “salbiy” va hokazo javob variantlarini tanlashga imkon beradigan savollar)ga ega anketa.
Anketa metodi quyidagi shartlar asosida qo‘llaniladi:
savollar muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim; savollar yirik hajmli va noaniq bo‘lmasligi kerak;
savollar o‘quvchilarning dunyoqarashi, yosh, psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur;
javoblar to‘liq bo‘lishi uchun yetarlicha vaqt ajratilishi kerak;
anketa o‘quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish manbaiga aylanmasligi zarur;
javoblar muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart43.