Hujjatlarnitahlilqilishmetodi. Pedagogik diagnostikani samarali amalga oshirishda hujjatlarni tahlil qilishmetodi ham ahamiyatlidir.
Hujjatlarnitahlilqilish(ta’limmuassasasihujjatlarinio‘rganish)metodi–pedagogikhodisavadalillarnihartomonlamatekshirish,ta’lim muassasasi tomonidan meyoriy talablarning bajarilishi holatinio‘rganish,erishilganyutuq,yo‘lqo‘yilgankamchiliklarnianiqlash,ilg‘or ilmiy-pedagogik hamda ta’lim muassasasi tomonidan to‘planganamaliy-pedagogiktajribalarniommalashtirishmaqsadidaqo‘llaniladiganusul. Ta’lim muassasalarida uzluksiz ta’limni tashkil etishga oid hujjatlar talablarining bajarilish holatini o‘rganish, erishilgan yutuq, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo‘llaniladi. Bu kabi hujjatlar sirasiga quyidagilar kiradi:
o‘quv mashg‘ulotlarining jadvali; o‘quv dasturi;
guruh jurnallari;
o‘quvchilarning shaxsiy varaqalari; buyruqlar;
Pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomalari va qarorlari; ta’lim muassasasi smetasi hamda pasporti;
tarbiyaviy ishlar rejasi;
o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etishga oid hisobotlar;
ta’lim muassasasi jihozlari (o‘quv partalari, stol-stullar va h.k.) qayd etilgan daftar va boshqalar45.
Kontent-tahlilmetodi. Zamonaviy pedagogik diagnostikada yana bir nisbatan yangi metod – kontent-tahlil metodidan ham foydalaniladi.