O‘zbekiston respublikasi


“Diagnostika” (tashxislash) tushunchasi yunon tilidan tarjima qilinganda lug‘aviy jihatdan “bilish”, “aniqlash”, nazariy jihatdan



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə4/183
tarix10.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183
педагог диагнос ва коррекция дарслик 2023 27 03

“Diagnostika” (tashxislash) tushunchasi yunon tilidan tarjima qilinganda lug‘aviy jihatdan “bilish”, “aniqlash”, nazariy jihatdan







6 Предмет педагогической диагностики и ее историческое развитие // http://lib4all.ru/base/ B2590/ B2590Part2-5.php.
7 Ингенкамп, Карлхайнц. Педагогическая диагностика / Пер. с нем. – М.: Педагогика, 2001. – С. 16- 17.

esa “aniqlashga qodirlik”, “aniqlashga imkon berish” ma’nolarini anglatadi8.


Ijtimoiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida iqtisodiy, madaniy o‘zgarishlar, sub’ektlarning hayot tarzidan kelib chiqqan holda “diagnostika” tushunchasi turli sohalarda ham qo‘llanilla boshlandi. Masalan, texnika sohasida (texnik diagnostika; mashina, mexanizm, uskuna, inshooat, qurilma, bjshqa texnik ob’ektlar)ning texnik holatini baholash metodlari va vositalarini o‘rganish), iqtisodiy sohada (iqtisodiy diagnostika; iqtisodiy munosabatlar, o‘zgarishlar mohiyatini tahlil qilish asosida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, mahsulotlarni yetkazib berish va sotish, sohalarni malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, ularni boshqarishda ro‘y berishi kutilayotgan muammolar, ularning tavsifi, belgilarini o‘rganish), psixologiya sohasida (psixologik diagnostika; qobiliyati, qiziqishlari, mayllari, ichki imkoniyatlarini namoyon qilishi va bevosita ulardan foydalana olishni o‘rganishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tayangan holda shaxsni tadqiq qilish).

  1. Pedagogik diagnostika” tushunchasining mohiyati. So‘nggi yillarda ta’lim va tarbiya amaliyotida pedagogik jarayon, holat, hodisalarni tashxislashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, tashxislash pedagogik jarayon, holat, hodisalarning mavjud holatidan kelib chiqqan holda istiqbol vazifalarni belgilash imkonini beradi.

E’tiborli jihati so‘nggi o‘n yilliklarda “pedagogik diagnostika” tushunchasi ko‘plab tadqiqotchilarning e’tiborini o‘ziga tortmoqda. Garchi mazkur tushuncha ular tomonidan shaklan turlicha talqin qilinayotgan bo‘lsa ham nazariy jihatdan umumiy mazmunga ega.
K.Ingenkampning nuqtai nazariga ko‘ra, pedagogik tashxislash zarur o‘lcham (ko‘rsatkich)lardan foydalanish asosida hodisalar mohiyatini anglash va ularning muayyan vaziyatlardagi holatiga baho berish jarayonidir. Muallif, pedagogik tashxislashning o‘ziga xosliklaridan kelib chiqqan holda uni mohiyati, maqsad va vazifalarini belgilash orqali pedagog tomonidan tashkil etialdigan faoliyatning mustaqil turi ekanligiga ham urg‘u berdi9.
Yaxlit tizim sifatida pedagogik jarayonining barcha bosqichlarida uni tarkibiy elementlari holatini aniqlash orqali istiqbolni belgilash, ta’lim strategiyalarini ishlab chiqish zamonaviy pedagogik diagnostika oldida turgan muhim vazifalar sanaladi. Mazkur tushuncha shunga ko‘ra ham nazariy jihatdan tavsiflanadi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin