Shkalalash. Pedagogik diagnostikada o‘lchashning shkalalash turidan ham samarali foydalaniladi.
Shkala–muayyanraqamlitizimgaularnijoylashtirishyo‘libilanob’ektlar xususiyatlarini o‘lchash natijalarini qayd qilish vositasi bo‘lib,bundaalohidanatijalaro‘rtasidagimunosabattegishliraqamlardaifodalanadi54. Tartiblash jarayonida kuzatilgan natijaning shkaladagi mavjud holatiga ko‘ra har bir tanlangan elementiga muvofiqlik asosida ball (shkalali indeks) beriladi.
Shkalalash–boshlang‘ichamaliynatijalarnishkalalibaholashgao‘tkazish yo‘libilantartiblashga qaratilgan harakat. O‘z mohiyatiga ko‘ra shkala kuzatilayotgan hodisani tartibga tushirish imkonini beradiki, bunda ularning har biri miqdoriy baho (ko‘rsatkich)larga ega bo‘ladi. Shkalalash tadqiq etilayotgan hodisaning quyi va yuqori pog‘onalarini aniqlashga imkon beradi.
Masalan, o‘quvchilarning o‘quv fanlariga bo‘lgan qiziqishlarini tadqiq qilishning muayyan chegaralari “qiziqishi juda kuchli” hamda “qiziqishi juda past” oralig‘ida belgilanadi. Ushbu chegaralar orasida bir qator pog‘onalar belgilanadi. Natijada o‘quvchilarning o‘quv fanlariga bo‘lgan qiziqishlari quyidagi tarzda pog‘onalanadi:
qiziqishi juda kuchli (1); qiziqishi kuchli (2);
qiziqishi o‘rtacha (3);
qiziqishi past (4); qiziqishi juda past (5).
Shkalaning chetki hududlari (chegaralari)ni favqulotda belgilay olish ham tavsiya qilinadi.
Psixologik-pedagogik tadqiqotlarda S.Stivenson tomonidan taklif qilingan shkalalar tasnifidan foydalaniladi. Ushbu tasnif turli tartibga ko‘ra bog‘langan to‘rtta asosiy o‘lchash usuli: yaxlit (nominal), tartibli, intervalli va munosabatlar shkalasiga tayanadi. Mazkur usullar umumiy holda o‘lchovshkalalarideb nomlanadi (12-rasm):