Guruhlashlishkala(muayyanguruhlarbo‘yichadarajalargaajratuvchishkala).O‘lchanayotgan belgi darajasiga ko‘ra bir-biridan farqlanadigan bir nechta holatlar kuzatiladi. Barcha ob’ektlarning jamlanmasini guruhlashtirishda ana shu holatlar inobatga olinadi. Masalan: sinf o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va malakalarini 5 balli tizim (baholi tizim)da baholashda ular “a’lochi o‘quvchilar”, “yaxshi o‘qiydigan o‘quvchilar”, “yomon o‘qiydigan o‘quvchilar” kabi guruhlanadi.
Juftlikni taqqoslovchi shkala.Bunda ikki nafar o‘quvchi qandaydir sifat bo‘yicha bir-biri bilan taqqoslanadi. Agarda ularning muayyan sifati bir xil bo‘lsa, u holda har bir o‘quvchiga 1 balldan beriladi. Bordi-yu, o‘quvchilarning birida o‘rganilayotgan sifat yuqori bo‘lsa, u holda u 2 ball oladi, sherigiga ball berilmaydi. Har bir o‘quvchi tomonidan to‘plagan ballarni jamlash orqali ularda muayyan sifatning rivojlanganlik darajasi miqdor ko‘rsatkichlarda ifodalanadi.
Reytinggaasoslanuvchishkala.Zamonaviy ta’limda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashda nisbatan yangi tizim – reyting tizimi keng ommalashdi.
Reyting(ingl.“baholash”,“tartibgakeltirish”)–muayyanhodisanioldindanbelgilanganshkalabo‘yicha baholash.
Mazkur tizimi o‘quvchilarning bilim sifatini nazorat qilish turi, metodi va shakli hisoblanadi. Reyting nazoratda test usulidan ham samarali foydalanilmoqda. Test so‘rovidan nafaqat o‘quvchilarning BKMni aniqlash, balki 1993 yildan boshlab O‘zRda abiturientlarni oliy o‘quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda.
Reyting tizimi ham muayyan afzalliklarga ega. Ular:
baholash imkoniyatlarini kengaytirish; o‘quvchilar bilimini ob’ektiv aniqlash; ta’limni standartlashtirishni ta’minlash;
DTSda ko‘zda tutilib, o‘quv dasturiga kirgan majburiy ixtiyoriy BKMni to‘la o‘zlashtirilishini ta’minlash;
o‘quvchilarda mustaqil bilim olish, erkin fikr yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish;
bilimlarni ixtiyoriy o‘zlashtirish uchun imkoniyat yaratish, kamchiliklarni bartaraf etish55.
O‘quvchilarning BKM darajasi quyidagi mezonlarga muvofiq baholanadi:
“5” baho (85-100 ball) qo‘yiladi, agar: a) materialni to‘liq o‘zlashtirilsa; b) mavzu bo‘yicha asosiy ma’lumotlar mohiyati ochib berilsa; v) egallangan bilimlar amalda qo‘llansa; g) mavzuni bayon qilishda, yozma ishlarda xatolarga qo‘l qo‘ymasdan, ma’lumotlar tushuntirib berilsa.
“4” baho (71-84 ball) qo‘yiladi, agar: a) mavzu mohiyati yoritilsa; b) savollarga qiynalmasdan javob qaytarilsa; v) egallangan bilimlar amaliyotda qo‘llanilsa; g) og‘zaki javob berishda xatolarga yo‘l qo‘yilmay, qo‘shimcha savollar bilan xatolar to‘g‘rilansa, yozma ishda biroz xatoga yo‘l qo‘yilsa;
“3” baho (55-70 ball) qo‘yiladi, agar: a) mavzu o‘zlashtirilgan, lekin mustaqil tushuntirish berishda o‘qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezilsa; b) savollarning mantiqiy tuzilishi o‘zgartirilib berilganda, javob berishga qiynalilsa;
v) yozma ishda xatolari bor bo‘lsa.
“2” baho (0-54 ball) qo‘yiladi, agar: mavzu haqida tushunchaga ega bo‘lgani holda uni o‘zlashtirmasa, yozma ishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa.
55 Педагогика / Нопедагогик ОТМ учун мўлжалланган дарслик. У.И.Иноятов, Н.А.Муслимов, Д.И.Рўзиева, М.Ҳ.Усмонбоева. – Т.: “Фан” нашриёти, 2012. – 133-б.