Eslatma:agar o‘quvchi tegishli ko‘nikmaga ega bo‘lsa, u holda 3 ball; topshiriqlarni bajarishda qiyinchiliklarga duch kelsa – 2 ball; agar xatoga yo‘l qo‘ysa, ammo qanday harakat qilish kerakligini bilsa – 1 ball; agarda tegishli ko‘nikma shakllanmagan bo‘lsa u holda – 0 ballga ega bo‘ladi.
Yig‘ilgan ballarning umumiy soniga ko‘ra o‘quvchining mustaqil ishlarni bajarishga tayyor ekanlik darajasi ma’lum bo‘ladi. Ballarning umumiy soni asosida besh balli tizim ko‘rsatkichlari (baholari) belgilanadi. Ya’ni:
30 ball – eng yuqori daraja: “5”;
27-29 ball – yuqori daraja: “5”;
25-26 ball – o‘rta daraja: “4”;
20-24 ball – past daraja: “3”.
Agar o‘quvchida tashxisning 1-qismi bo‘yicha ko‘nikmalar shakllangan bo‘lsa, bu holat uning samarali ko‘nikmalarga egaligini tasdiqlaydi va u o‘qituvchining yordamisiz ham mustaqil ishlarni bajara oladi.
O‘quvchida tashxisning 1- va 2-qismlari bo‘yicha ko‘nikmalar shakllangan bo‘lsa, bu holat uning ijodiy ko‘nikmalarga egaligini tasdiqlaydi va u turli murakkablikdagi topshiriqlarni ham mustaqil bajara oladi.
O‘quvchilarda kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi metodlar. Shaxsda kreativlik sifatlarini shakllantirish muammosi iqtisodiy jihatdan yetakchilik qilayotgan davlatlarda o‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab izchil o‘rganila boshlangan. Aynan shu vaqtda kompyuter texnologiyalarining yaratilishi kishilik jamiyati tarixida yangi davrni boshlab bergan bo‘lib, inson ongi, tafakkuri istiqbolni belgilovchi muhim omil sifatida e’tirof etilishi uchun asos bo‘ldi. Kompyuter texnologiyasining yaratilishi birgina g‘oya bilan jamiyat hayotining barcha sohalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatish, oylab, yillab amalga oshiriladigan monitoring jarayonini qisqartirish, vaqtni tejash hisobiga mehnat samaradorligi va unumdorligiga erishish mumkinligini isbotladi.
Shu sababli iqtisodiy jihatdan gegemon sanaluvchi davlatlarda yangi g‘oyalarni yaratish hisobiga qo‘l kuchi yoki texnika vositasida amalga oshiriladigan inson mehnatini yanada optimallashtirishga asosiy e’tibor qaratildi. “Kreativlik” deya baholanuvchi orginal fikrlash jarayonini aks ettiradigan sub’ektiv hodisa bugungi kunda jamiyat hayotining barcha sohalarida rivojlanishni
belgilovchi “tayanch nuqta”ga aylandi. Bu esa o‘z navbatida kreativ fikrlovchi shaxsni tarbiyalash masalasining dolzarblik kasb etishiga olib keldi76.
“Kreativlik” (ingl. “create” – yaratish, “creative”) tushunchasi esa lug‘aviy jihatdan “yaratuvchanlik”, “ijodkorlik”77 ma’nolarini anglatib, mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida uning muvaffaqiyatini ta’minlash yo‘lida tashqi va ichki omillar ta’sirisiz ham kutilmagan fikrlarni ilgari surish, muammoli vaziyatlarda ham o‘ziga xos orginal yechimlarni topish, takrorlanmas mahsulotlarni yaratish qobiliyatiga egalikni ifodalaydi. Ya’ni, kreativ mahsulotni yarata olishi uchun mutaxassisga tashqi (ob’ekt, predmet, buyum, hodisa) yoki ichki (hissiy kechinma: zavqlanish, quvonish, qayg‘urish, g‘amga botish va) omillarning ta’sir ko‘rsatishi shart emas va u bunday natijaga yuqori darajada kompetentlik sifatlariga egaligi tufayligina muvaffaq bo‘la oladi. Boshqacha aytganda, kreativlik ijodkorlik negizida rivojlanib, uning yuqori darajasi sanaladi. Agarda ijod mahsulotlari ijtimoiy sub’ektlarga hissiy, estetik ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lsa, kreativ mahsulotlar o‘zida ikki jihatni namoyon qiladi: birinchidan, shaxsga hissiy, estetik ta’sir ko‘rsatadi, ikkinchidan, amaliy qiymatga ega bo‘lib, undan turli ehtiyojlarni qondirish (masalan, ozuqa sifatida iste’mol qilish, maishiy buyum sifatida foydalanish va h.k.) uchun xizmat qiladi.
1922 yilda Ray M.Simpson tomonidan chop etilgan “Creative Imagination” (“Kreativ tasavvur”) nomli asarda “kreativlik” tushunchasi ilk marta qo‘llanilgan bo‘lib, u yuqori darajadagi fikriy jarayon sifatida ifodalangan78.
Bugungi kunda shaxs, jumladan, o‘quvchilarda kreativ qobiliyatni rivojlantirish maqsadida quyidagi metodlardan samarali foydalanilmoqda:
“Aqliy hujum”metodi. Mazkur metod Aleks Osborn tomonidan asoslangan bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi shaxsda yangi, ko‘plab g‘oyalar ishlab chiqish, ularni tanqidiy tahlil qilish malakasini shakllantirishdan iborat. O‘rganilayotgan muammo bo‘yicha har bir o‘quvchi o‘z fikrini bildiradi, yechim yuzasidan o‘z taklifini ilgari suradi. Qolganlar bildirilgan fikrni to‘ldiradi va rivojlantiradi. O‘quvchilar tomonidan bildiriladigan hech bir fikr tanqid qilinmaydi. Barcha o‘quvchilar muammoning yechimi yuzasidan o‘z taklifini bildirgandan so‘nggina ular umumiy holda tahlil qilinadi va eng to‘g‘ri, samarali yechim tanlanadi79.
“Tasodifiy assosiatsiyalar” metodi80. Pedagogik tashxislash jarayonida “Tasodifiy assosiatsiyalar” metodidan quyidagicha foydalaniladi:
bosqich. Har bir o‘quvchi o‘zi istagan kitob (u lug‘at, badiiy adabiyot, turli sohalarga oid qiziqarli jurnal)ni qo‘lga olib, uning sahifalarini tasodifiy ochadi.
76Алибоев Т.Ч. Инновацион таълим муҳитида ўқувчиларда креативлик сифатларини ривожлантириш технологияларини такомиллаштириш (“Технология” фани мисолида): пед.фанл. бўйича фалс.докт. (PhD)... дис. автореф. – Жиззах: 2021. – 12-13-б.
77 Что такое креативность // http://www.xapaktep.net/virtues/science/ creativeness/desc.php.
78 Simpson Ray M. Creative Imagination // https://www.jstor.org/stable/1414133?origin=crossref&seq=2#metadata_info_tab_contents.
79 Методики развития креативности // http://moluch.ru/rules/?utm_ source= selfad&utm_medium= popup &utm_campaign=archive.
80 8 способов развить креативное мышление // https://style.rbc.ru/beauty/5c34bf629a7947c6fce1afdd. bosqich. Ochilgan sahifaning raqamiga e’tibor qaratmay, ko‘rsatkich barmoq ixtiyoriy so‘zning ustiga qo‘yiladi, aniqlangan so‘z qog‘ozga qayd etiladi.
bosqich. Bu harakat yana bir bor qayta takrorlanib, yana bir so‘z aniqlanadi.
bosqich. Aniqlangan har ikki so‘z o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik topiladi va u asosida orginal hikoya to‘qiladi.
“Oltitarangliqalpoqcha”metodi.Ushbu metod Edvard de Bono tomonidan taklif etilgan. Metod xayolan turli rangdagi oltita qalpoqchani kiyish yordamida ijodiy jarayonni tartibga solishga imkon beradi. Turli rangdagi qalpoqchalar shaxs tomonidan quyidagi harakatlarning tashkil etilishini ifodalaydi:
oq qalpoqcha – raqamlar va dalillar tahlil qilinadi;
yashil qalpoqcha – natijalarni umumlashtirish81.
“Morfologik quti” (“Morfologik tahlil”)metodi.Muallifi Fris Svikki bo‘lgan “Morfologik quti” (“Morfologik tahlil”) metodi o‘z mohiyatiga ko‘ra tanlangan ob’ekt unga xos bo‘lgan bir nechta belgini saralab olish orqali bir necha tarkibiy qismlarga ajratiladi. So‘ngra ular mohiyatan o‘zgartiriladi va qayta birlashtiriladi. Natijada yangi ob’ekt paydo bo‘ladi. Mazkur metod XX asarning 30-yillarida shveyratsiyalik astrofizik Fris Svikki (Fritz Zwicky) tomonidan asoslangan. Grafik organayzer g‘oyasini asoslashda Fris Svikki quyidagi misolni keltiradi: parfyumeriya kompaniyasi uchun yangi tashrif qog‘ozini tayyorlash talab qilinsin. Odatdagi to‘g‘ri to‘rtburchakli bo‘ladigan tashrif qog‘ozi shakli o‘zgartilib, yoqimli hid tarqatuvchi uchburchak
holatda tayyorlansa, uning shaxs ongiga ta’siri boshqacha bo‘ladi82.
Qariyb bir asrdan “Morfologik quti” metodi – ob’ektning tarkibiy tuzilmasini tahlil qilishga asoslanuvchi metod bo‘lib, u qabul qilingan qarorning nazariy imkoniyatlarini ifodalovchi barcha variantlarni tizimlashtirishni taqozo etadi. Ma’lumki, odatda qutilarga narsalar muayyan tartib bilan joylashtiriladi. Agarda quti katta hajmli bo‘ladigan bo‘lsa, unga bir necha turdagi narsa, buyum yoki jihozlar turiga qarab, alohida-alohida joylashtirildi. Ya’ni qutida narsalarga ularning turi bo‘yicha ma’lum joy ajratiladi. Muammoli vaziyatlarni tadqiq qilish va yechimlarni tanlashga xizmat qiluvchi ushbu metodning didaktik ahamiyati shundaki, u muayyan jarayon, tur, hatto sohalar bo‘yicha ham tizimli fikrlash, g‘oyalarni tahlil qilish, jarayon, tur, hatto sohalarning umumiy mohiyatini yorituvchi har bir holatni ko‘rib chiqish imkonini beradi. O‘z mazmuniga ko‘ra tahliliy xarakterga ega ushbu metod tizim va uning tarkibiy asoslari to‘g‘risidagi fikrlarni ham oydinlashtirishga yordam beradi.
81 Методики развития креативности // http://moluch.ru/rules/?utm_ source= selfad&utm_medium= popup &utm_campaign=archive.
82 Методики развития креативности // http://moluch.ru/rules/?utm_ source= selfad&utm_medium= popup &utm_campaign=archive.
Ayni o‘rinda “Morfologiya” tushunchasining mohiyatini yetarli darajada anglab olish maqsadga muvofiq sanaladi.