O‘zbekiston respublikasi


-usul. Hayotiy qadriyatlarga munosabat diagnostikasi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə96/183
tarix10.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128011
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   183
педагог диагнос ва коррекция дарслик 2023 27 03

3-usul. Hayotiy qadriyatlarga munosabat diagnostikasi

Ko‘rsatmalar:


Tasavvur qiling, qo‘lingizda sehrli tayoqcha va 10 ta istaklar ro‘yxati bor.
Ammo istaklarning faqat beshtasini bayon qilingiz mumkin.
Istaklar ro‘yxati yozuv taxtasiga oldindan yozib qo‘yiladi.

Istaklar ro‘yxati:


  1. Sevimli inson bo‘lish.

  2. Ko‘p pulga ega bo‘lish.

  3. Eng zamonaviy kompyuterga ega bo‘lish.

  4. Sodiq do‘stga ega bo‘lish.

  5. Men uchun ota-onamning salomatligi muhim.

  6. Ko‘pchilikka buyruq berish huquqiga ega bo‘lish.

  7. Ko‘p sonli xizmatkorlarga ega bo‘lish va ular ustidan “hukmronlik qilish”.

  8. Sofdil yurakka ega bo‘lish.

  9. Atrofdagilar hamdard bo‘lish va ularga yordam berish.

  10. Boshqalarda hech qachon bo‘lmaydigan buyumlarga ega bo‘lish.

Sharh:


Salbiy javoblarning tartib raqami: 2, 3, 6, 7, 10.
Ijobiy javoblarning tartib raqami: 1, 4, 5, 8, 9.
Beshta ijobiy javob – yuqori darajada hayotiy qadriyatlarga egalik. 4-3 ta ijobiy javob – o‘rta darajada hayotiy qadriyatlarga egalik.
2 ta ijobiy javob – qoniqarli darajada hayotiy qadriyatlarga egalik. 0-1 ta ijobiy javob – past darajada hayotiy qadriyatlarga egalik.

4-usul. Axloqiy motivatsiya diagnostikasi

Ko‘rsatmalar:


O‘qituvchi: Men sizga to‘rtta savol beraman. Siz ularga berilgan to‘rtta javobdan birini tanlashingiz kerak.

Savollar:


  1. Agar kimdir yig‘lasa, u holda men ....

    • unga yordam berishga harakat qilaman;

    • nima bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylayman;

    • e’tibor beraman, biroq, qo‘limdan hech narsa kelmaydi;

    • e’tibor bermayman.

  1. Men do‘stim bilan tennis o‘ynayotganimda oldimizga 6-7 yoshli bola keladi va o‘zida tennis raketkasi o‘yin yo‘qligini aytadi. Shunda men unga ...

    • kayfiyatimizni tushurmasligini aytaman;

    • hech qanday yordam berolmasligimni aytaman;

    • ota -onasidan tennis raketkasini sotib olib berishni so‘rashini aytaman;

    • o‘rtog‘i bilan kelib, bizning tennis raketkalarimizda o‘ynashi mumkinligini aytaman.

  1. Agarda ishxonada kimdir qisqartirishga turib qolsa, u holda men ....

    • e’tibor bermayman;

    • shunchaki achinaman;

    • bu fojia emasligini tushuntiraman;

    • ishni olib borishni yaxshiroq o‘rganishi zarurligi aytaman.

  1. Bordi-yu, sinfdoshingiz sizdan xafa bo‘lsa, u holda Siz ...

    • uning holatini juda yaxshi his qilaman;

    • bu vaziyatda nima qila olishim mumkinligi haqida o‘ylayman;

    • men ham qattiq ranjiyman;

    • unga noto‘g‘ri qilayotganligini tushuntiraman;

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin