O‘quvchilarningkasbgayo‘nalganliginitashxislash–tashxismetodlari yordamida o‘quvchilarning u yoki bu kasb, hunar asoslarinio‘zlashtirishga bo‘lganqiziqish,qobiliyatdarajasinianiqlash. O‘quvchilarnikasbgayo‘naltirish–ularningqiziqish,qobiliyatinianiqlashorqaliongliravishdakasbyokihunaryo‘nalishlarinitanlashigako‘maklashishvaharakatlarinitegishliyo‘nalishgasolish. Shaxsda muayyan kasb yoki hunar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni samarali o‘zlashtirilishi kasbga tayyorlash jarayoni asosida ta’minlanadi.
O‘quvchilarnikasbgayo‘nalganliginitashxislash:maqsadi,vazifalari. Pedagogik diagnostikaning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan o‘quvchilarni kasbga yo‘nalganligini tashxislash ham aniq maqsad asosida tashkil etiladi.
O‘quvchilarni kasbga yo‘nalganligini tashxislashdan ko‘zlangan maqsad - ularning qiziqish, qobiliyatini aniqlash orqali ongli ravishda kasb yoki hunar yo‘nalishlarini tanlashiga ko‘maklashish hamda ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yuzasidan o‘quvchilar, uning ota-onalarga tavsiyalar psixologik-pedagogik tavsiya, maslahat berish.
Bu yo‘nalishda tashxislashni amalga oshirish jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi:
o‘quvchilarga turli kasblar, ixtisosliklar, mansab lavozimlari, tanlangan kasbni, ixtisoslikni egallash mumkin bo‘lgan ta’lim muassasalari hamda kasbning insonga, uning jismoniy, psixologik va shaxsiy sifatlariga, salomatligiga qo‘yadigan talablari haqida ma’lumotlar berish;
o‘quvchilarning bilish (o‘quv predmetlariga, fanga) va kasbiy (kasblarga, mutaxassisliklarga) qiziqishlarini, kasb tanlash motivlari va kasbiy rejalarini aniqlash hamda baholash;
o‘quvchilarga ularning individual xususiyatlari va mehnat bozori talablarini, ta’lim olish hamda kelgusida ishga joylashish imkoniyatlarini hisobga olgan holda kasb va ta’lim muassasasini tanlashga ko‘maklashish;
o‘quvchilarda mehnat ko‘nikmalarini, kasblarga qiziqish, mehnatsevarlik, ishchanlik va mas’uliyatni shakllantirish hamda rivojlantirish.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish jarayonida quyidagi tamoyillar ustuvor ahamiyat kasb etadi: kasb-hunarga yo‘naltirish xizmatlarining tizimli-majmuaviy xarakterdaligi; iqtisodiy rivojlanish va mehnat bozorini o‘rganish va istiqbolni belgilash orqali jamiyat va shaxs qiziqishlarini muvofiqlashuvi; shaxsni kasb- hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis qilish shakli, uslublari va vrsitalarining ilmiy asoslanganligi; O‘zbekiston fuqarolarining va (lozim bo‘lganda) boshqa davlat fuqarolarining o‘qish, ish joyi, yoshi, jinsi, millati va diniy dunyoqarashidan qat’iy nazar kasb-qunarga yo‘naltirish xizmatlaridan foydalanishga teng huquqliligi; kasb tanlash yoki almashtirish, ta’lim turi va ishga
104Профессиональная ориентация молодёжи / А.Д.Сазонов и др. – М.: Высшая школа. 1990. – С. 49-50.
joylashish imkoniyatlariga nisbatan kasbiy va boshqa axborotlarning tushunarliligi; umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilariga psixologik-pedagogik va kasb- hunarga yo‘naltirish xizmatlarini ko‘rsatishning majburiyligi va bepulligi, aholining boshqa guruhlariga davlat darajasida kafolatlangan kasbiy tashxis va maslahat berishning ixtiyoriyligi; kasbiy tanlov, tashxis va maslahat xulosalarining ob’ektivligi, maxfiyligi va tavsiyaviy xarakterda ekanligi105.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning kasbga yo‘nalganligini tashxislashda quyidagi talablar inobatga olinishi zarur: o‘quvchining kasbiy faoliyatni tashkil etishga ruhiy tayyorligi, aniq maqsadga egaligi, ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil etish malakasiga egaligi, ish vaqtidan unumli foydalana olish zarurligini tushunishi, xavfsiz va qulay mehnat sharoitlariga ega bo‘lishga harakat qilishi, ish qurollariga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi, xavfsizlik qoidalari (xususan, yong‘in va halokatlarning oldini olish, turli xildagi jarahotlanishlardan saqlanish, ma’lum kasbiy faoliyatni tashkil etish yuzasidan ishlab chiqilgan ko‘rsatmalar)ga og‘ishmay rioya etishi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kasbga yo‘naltirishga faratilgan faoliyatni tashkil qilishda o‘quvchilarini quyidagi sohalar bilan yaqindan tanishtirish orqali ularda dastlabki kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish maqsadga muvofiq sanaladi (2-jadval):