O‘zbekiston respublikasi


“Oilaviy munosabatlarda muloqotning qanday mazmunga ega bo‘lishini xohlaysiz?” testi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə126/183
tarix10.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128011
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   183
педагог диагнос ва коррекция дарслик 2023 27 03

“Oilaviy munosabatlarda muloqotning qanday mazmunga ega bo‘lishini xohlaysiz?” testi


  1. Men ona (ota) sifatida oilada menga barcha narsa “mumkin” yoki “men aytdimmi, demak shunday bo‘lishi lozim” tarzda muloqot qilishni xohlayman.

a) ha;
v) yo‘q.

  1. Siz farzandingizga nisbatan jismoniy jazo qo‘llagan bo‘larmidingiz?

a) ha;
v) yo‘q.

  1. Siz atrofdagilarga nisbatan ovozingizni ko‘tarib gapirishingiz, ularni haqorat qilishni oddiy hol deb hisoblaysizmi?

a) ha;
v) yo‘q.

  1. Siz oilada shaxsiy zaruriyat uchun oila a’zolaridan pul yashirasizmi?

a) ha;
v) yo‘q.

  1. Agarda ishda yoki o‘qishda ushlanib qolsangiz, bu haqida oila a’zolaringizni ogohlantirishni o‘z burchingiz deb hisoblaysizmi?

a) ha;
v) yo‘q.

  1. Siz oila a’zolaringiz bilan munosabatda ularni qo‘rqitish uchun musht ko‘tarasizmi?

a) ha;
v) yo‘q.

  1. Oilaning boshqa a’zolariga baqirib munosabatda bo‘lasizmi?

a) ha;
v) yo‘q.

  1. Oila a’zolari bilan xayrlashmay turib, uydan chiqrib keta olasizmi?

a) ha;
v) yo‘q.

  1. Yaqinlaringiz kasalxonada bo‘lsa, ularning holidan qanchalik tez-tez xabar olasizmi?

a) ha;
v) yo‘q.

  1. Siz yaqinlaringizning dugonalari, do‘stlariga nisbatan samimiy munosabatda bo‘la olasizmi?

a) ha;
v) yo‘q.

  1. Qiyin vaziyatlarda oila a’zolariga murojaat qilish, ulardan ko‘mak so‘ray olasizmi?

a) ha;
v) yo‘q.

  1. Muayyan vaziyatlarda oila a’zolaridan birini uzoq vaqt kutish Sizning jahlingizni chiqaradimi?

a) ha;
v) yo‘q.
Shunday qilib, oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarga egaligi shaxsning ruhiy, jismoniy, axloqiy jihatdan kamolga etishida muhim o‘rin tutadi. Shu sababli pedagogik diagnostikada har oilaning tarbiyaviy imkoniyatga egaligini o‘rganish, uning darajasini tashxislashga e’tibor qaratiladi. Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarga egaligini tashxislashda uning farzandlarni har jihatdan sog‘lom qilib tarbiyalovchi omillar, sharoitlar, xususan, sog‘lom muhit va sog‘lom turmush tarzi ega bo‘lish hamda farzandlarni oilaviy hayotga samarali tayyorlashdagi kuch- quvvati, qobiliyati o‘rganiladi. Bu yo‘nalishda tashxislashni amalga oshirish oilaning farzandlar tarbiyasidagi o‘rni va rolini kuchaytirish, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish choralarini belgilashga yordam beradi.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin