Asosiy diagnostikani o‘tkazishning asosiy usuli – bir qator boshqa usullar bilan to‘ldirilgan ishtirokchi kuzatuv usuli sanaladi. Bu turdagi tashxis yiliga ikki marta
o‘tkaziladi va sinfdagi barcha o‘quvchilarni qamrab oladi.
Mohiyatiga ko‘ra asosiyboshlang‘ichdiagnostikao‘quvchining joriy vaqtgacha erishgan yutuqlari, shuningdek, rivojlanishdagi muammolari aniqlanadi. Mavjud muammolarni hal qilish uchun o‘quvchiga o‘qituvchi, ota-onalar yoki mutaxassisning yordami zarur. Asosiy boshlang‘ich diagnostika asosida o‘qituvchi psixolog va mutaxassis o‘qituvchilar bilan birgalikda o‘quvchining shaxs sifatida rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlaydi.
Shu bilan birga uning o‘quv faoliyatida hamda shaxs sifatida shakllanishida yutuqlarga erishishi uchun kattalarning kasbiy yordami yoki hayotiy tajribasiga asoslangan maslahatlari kerak. Asosiy boshlang‘ich diagnostika orqali pedagogik yordamga muhtoj o‘quvchilar uchun individual ish rejasi ishlab chiqiladi. Rejada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar, shuningdek, o‘quvchining shaxsiy rivojlanishiga imkon beradigan bir yillik ta’lim yo‘nalishi belgilanadi.
O‘quv yili oxirida o‘tkaziladigan asosiyyakuniydiagnostikaning natijalariga ko‘ra o‘qituvchining oldiga qo‘yilgan pedagogik vazifalarning hal qilinish darajasi tahlil qilinib, baholanadi. Qolaversa, pedagogik jarayonni
loyihalashtirishning yanada istiqboli yo‘nalishlari, jarayonga samarali ta’sir ko‘rsatadigan juda ko‘plab omillar belgilanadi, pedagogik jamoatchilikning tarbiyaviy ta’sir imkoniyatlari aniqlanadi.
Oraliqdiagnostikasinfning barcha o‘quvchilari uchun emas, balki ular orasidan tanlab olingan – rivojlanishida jiddiy muammolari bo‘lgan o‘quvchilar bilan amalga oshiriladi. Bu jarayonda pedagogik diagnostika usullari sifatida kuzatish va bolalar uchun oddiy test topshiriqlaridan foydalanish mumkin. Oraliq pedagogik diagnostikaning maqsadi bolaga nisbatan tanlangan ta’lim strategiyasining to‘g‘riligini baholash, rivojlanish dinamikasini aniqlashdir. Ushbu turdagi diagnostika natijalariga ko‘ra, agar zarur bo‘lsa, pedagog, psixolog va boshqa mutaxassis o‘qituvchilar pedagogik jarayon mazmuniga tuzatish, o‘zgaritirishlar kiritishlari mumkin.