O‘zbekiston respublikasi


o‘quvchini jamoaviy ijtimoiy ahamiyatli faoliyatga jalb qilish



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə151/183
tarix10.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128011
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   183
педагог диагнос ва коррекция дарслик 2023 27 03

o‘quvchini jamoaviy ijtimoiy ahamiyatli faoliyatga jalb qilish – bu jarayonda o‘quvchi jamoaviy ishlarga o‘z munosabatini bildiradi, sinfdoshlari bilan hamkorlikda faoliyat yurita olish qobiliyatiga egaligini ko‘rsata olishi talab qilinadi.
Korreksiyalashda o‘quvchining salbiy nuqsonlarini bartaraf qilish maqsadida u bilan individual ishlash foydali sanaladi. O‘quvchi bilan individual ishlashda quyidagi usullar qo‘llaniladi:
ijtimoiy topshiriqni bajarishga o‘quvchining ichki imkoniyatini safarbar qilish – buning natijasida o‘quvchining ichki imkoniyatlari yuzaga chiqadi, ijtimoiy-foydali ko‘nikma, malakalar o‘zlashtiriladi, unda ijtimoiy topshiriqlarni bajarishga nisbatan ehtiyoj yuzaga keladi;
hayotiy maqsadni aniqlashtirishga bo‘lgan intilishni faollashtirish – bunda o‘quvchi bilan birgalikda kundalik faoliyat tartibi (boshlangan ishni oxiriga yetkazish, bir vaqtning o‘zida ko‘p vazifalarni bajarmaslik, har qanday ishni sifatli bajarish, uning samaradorligini baholash, yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil qilish);
o‘rin almashtirish – o‘quvchi faoliyatidagi doimiy muvaffaqiyatsizlik negizida yutuqlarga erishishni ta’minlash;
o‘quvchining qadr-qimmatini rag‘batlantirish, o‘zini o‘zi hurmat qilishini yoqlash – unga imkoniyatlariga mos keladigan faoliyat turini taklif qilish, muvaffaqiyatga erishishga bo‘lgan ishonchini qo‘llab-quvvatlash,
qiyin vaziyatlarga ko‘mak berish;
talabchan ohangda ishonch bildirish – bunda o‘quvchiga ijtimoiy topshiriqni bajarish muhimligini tushuntirish bilan birga uning yondashuvi qo‘llab- quvvatlanadi, bu faoliyatda o‘quvchining u tomonidan nimaningdir o‘zlashtirib olishga bo‘lgan umidi mustahkamlanadi;
o‘quvchini ijtimoiy faoliyatga jalb qilganda izchillikka erishish – bunda uning faoliyati rag‘batlantiriladi – e’tirof qilinadi – qo‘llab-quvvatlanadi, e’tirof qilinadi

  • topshiriqni bajarish, ijtimoiy-foydali ish jarayonida ixtiyoriy qatnashishi yuzasidan qaror qabul qilishiga imkon beriladi129.

Pedagogik diagnostika va korreksiyada o‘quvchining salbiy nuqsonlarini bartaraf qilish muayyan tamoyillarga muvofiq tashkil qilinadi. Ular (33-rasm):

129 Липина С.И. Коррекция отклоняющегося поведения подростков // https://urok.1sept.ru/ articles/ 635871.


    1. Yüklə 1,23 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin