Chiziqligrafik – sonlarda ifodalanadigan ayrim o‘lchovlarning o‘zgarishlarini (masalan, o‘quv yili davomida bitta sinfda o‘tkazilgan testlarning o‘rtacha baholaridagi o‘zgarishlari)ni ifodalashga xizmat qiladi.
Gistogramma – “Y” o‘qi bo‘ylab guruhning chastota (interval) qiymatlari ifodalanishi asosida ustun (grafa)larning pog‘onali ifodalanishini ta’minlovchi grafik turi.
Tebranishliko‘pburchak(yokichastotalipoligon) – chastotali ko‘pburchak asosida shakllantirilgan gistogramma. Bu turdagi diagrammalar boshqalardan ko‘pburchakda interval chastotasining markazigacha kamayadi, gistogrammada chastotalar intervalning barcha chegaralarida teng ifodalanadi.
Tebranishlarnijamlovchigrafik (lot. “cumulatio” – yig‘ilgan, jamlangan; tebranishlar taqsimlanishini jamlovchi grafik) – alohida intervallar jamlanmasining tebranishini, ya’ni, avvalgi barcha intervallarning har bir interval tebranishiga qo‘shilib borishini ifodalovchi diagramma.
Diagramma– miqdor ko‘rsatkichlarni turli shakldagi maydon (doira, to‘rtburchak, sektor, silindr, pufakchalar va boshqa)lar ko‘rinishida solishtiradigan grafik.
Grafika – natijalar ma’lumotlarini grafik ko‘rsatishning maxsus turi; bu chiziq segmentlari (qirralari) bilan bog‘langan nuqtalardan (tepaliklardan) iborat shakl. Grafik nuqtalari pedagogik jarayonning turli komponentlari, ko‘rsatkichlari, omillari, o‘ziga xos jihatlarini, shuningdek, ular orasidagi munosabat va aloqalarni ifodalashi mumkin. Grafika (u model sifatida taqdim qilinishi ham mumkin) ko‘pincha tajribani bashorat qilishda qo‘llaniladi, Grafika ko‘rsatkichlari ma’lumotlarni umumlashtirish bosqichida yakuniy natijalar bilan o‘zaro solishtiriladi.
Jamoa(lot. “kollektivus”) – yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh.
Ijtimoiyxulq-atvorko‘nimalalarinio‘zlashtiraolmaslik – yosh, psixologik hamda fiziologik nuqtai nazaridan o‘quvchi xulq-atvori, xatti- harakatlarining ijtimoiy, shuningdek, jismoniy va ruhiy rivojlanganlik ko‘rsatkichlariga mos kelmasligi.
Ilmiy faraz– dalil, hodisa yoki jarayonning ishonchli va haqqoniy ekanini tasdiqlash, ikki yoki bir necha hodisa o‘rtasidagi aloqalarni taxmin qilish maqsadida ilgari suriladigan ilmiy bashorat.
Imkoniyat (lot. “potentia” – kuch) – har qanday muammoni hal qilish, aniq maqsadga erishish uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan manba, vosita hamda resurslar; ma’lum bir shaxs, jamiyat, davlatning muayyan soahdagi vazifalarni bajarish, muammolarni hal qilishga bo‘lgan quvvati, kuchi, qobiliyati.