Korreksion faoliyat – pedagogik uslub, tibbiy choralardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini qisman yoki to‘liq tuzatishga qaratilgan pedagogik faoliyat.
Korreksiya (yun. “correctiio” – tuzatish; pedagogikada – pedagogik tuzatish) – pedagogik uslub, tibbiy choralardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik, jismoniy rivojlanish kamchiliklarining qisman yoki to‘liq tuzatilishi.
Korreksiyalash (pedagogik tuzatish) –o‘quvchi shaxsida kuzatilayotgan og‘ishlarni tashxislash asosida ularni bartaraf qilishga qaratilgan maxsus hamda umumiy pedagogik chora tadbirlar tizimi; sabablarini tashxislash asosida o‘quvchi shaxsida kuzatilayotgan og‘ishlarni bartaraf etishga qaratilgan harakat; maxsus hamda umumiy pedagogik chora-tadbirlarning ko‘rilishi. Korreksiyalashda o‘quvchining salbiy nuqsonlarini bartaraf qilish maqsadida u bilan individual ishlash ham foydali sanaladi. O‘quvchi bilan individual ishlashda quyidagi usullar qo‘llaniladi:
ijtimoiytopshiriqnibajarishgao‘quvchiningichkiimkoniyatinisafarbarqilish– buning natijasida o‘quvchining ichki imkoniyatlari yuzaga
130 Профессиональная ориентация молодёжи / А.Д.Сазонов и др. – М.: Высшая школа. 1990. – С. 10.
chiqadi, ijtimoiy-foydali ko‘nikma, malakalar o‘zlashtiriladi, unda ijtimoiy topshiriqlarni bajarishga nisbatan ehtiyoj yuzaga keladi;
hayotiymaqsadnianiqlashtirishgabo‘lganintilishnifaollashtirish– bunda o‘quvchi bilan birgalikda kundalik faoliyat tartibi (boshlangan ishni oxiriga yetkazish, bir vaqtning o‘zida ko‘p vazifalarni bajarmaslik, har qanday ishni sifatli bajarish, uning samaradorligini baholash, yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil qilish);