Muvaffaqiyatlivaziyatlarnihosilqilish – muvaffaqiyatli vaziyatlarni kafolatlovchi sharoitlar jamlanmasi yoki ana shu maqsadga yo‘naltirilgan amaliy harakatlarni tashkil etish.
Mutaxassislik – biror kasb doirasida ma’lum bir faoliyat turi uchun maxsus tayyorgarlik va tajribasi bilan erishilgan zarur bilim, ko‘nikma va malakalar majmuasi131.
Nazorat (ta’lim jarayonida) – ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayoni.
131 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Ўзбекистон Республикасида узлуксиз бошланғич, ўрта ва ўрта махсус профессионал таълим тизимини тартибга солувчи норматив- ҳуқуқий ҳужжатларни тасдиқлаш тўғрисида”ги 466-сон (2020 йил 7 август) Қарори // https://www.lex.uz/ru/docs/4945840.
Nosog‘lomoila – oila a’zolari axloqiy e’tiqod, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalariga ega bo‘lmagan, aksincha, tartibsiz hayot kechiradigan, shaxslararo munosabatlarda axloqsizlik, qo‘pollik, ruhiy bosim ustuvor bo‘lgan, psixologik jihatdan bir-birini tushunmaydigan va o‘zaro qo‘llab-quvvatlamaydigan, moddiy jihatdan ta’minlanmagan oila.
Ob’ekt(jarayon)ningsifati uning mavjudligini ta’minlovchi muhim, barqaror xususiyatlari sanaladi. Shu sababli ob’ekt (jarayon)ning sifati to‘g‘risidagi ma’lumot uning mohiyati va mazmunida aks etadi hamda uni tavsiflash uchun zarur sanaladi.
Oilaan’analari(yokioilaviyan’analar) – oilaning tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlari asosida vujudga kelib, avloddan avlodga meros sifatida o‘tish orqali oila a’zolarining ma’naviy shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-madaniy hodisa.
Oila –kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o‘zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi.
Oilaviy munosabatlar – ota-onalar yoki bolaning kamoloti uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar (buva-buvilar) hamda farzandlar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda tashkil etiluvchi munosabatlar.