Psixologik-pedagogikdiagnostikametodikalari shaxsning individual psixologik o‘ziga xosliklari hamda axloqiy fazilatlarga egalik darajasini o‘lchash hamda baholashga qaratilgan faoliyatning shakl, metod va vositalari yig‘indisi.
Pedagogik tajriba metodi (lot. “experimentum” – sinov, sinash, tajriba qilib ko‘rish) – mavjud pedagogik muammoning yechimini topish imkoniyatlarini o‘rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, berilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‘z in’ikosiga ega bo‘lishi, ularning samaradorligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladigan usul.
Pedagogiktekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida teskari aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirishi haqida ob’ektiv axborot olinishi, bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlashdir.
Pedagogik o‘lchov –ma’lum qoidalarga muvofiq ob’ektlar va ularga xos xususiyatlarning raqamlardagi ifodasini anglatuvchi kattalik. O‘lchash, odatda, bevosita (muayyan standart, tayanch o‘lchagich, mezonlar asosida) yoki bilvosita (boshqalarning yordamida yoki muayyan vositalar asosida) amalga oshiriladi:
Bevosita o‘lchash– o‘lchanadigan ob’ektni biron-bir standart, tayanch o‘lchagich bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslash.
Bilvositao‘lchash – ob’ekt holatini ma’lum mezonlar (masalan, savollarga qaytarilgan javoblar mazmuni va soni, to‘g‘ri bajarilgan topshiriqlar soni, muammoli masalalarni hal qilish, diktant, yozma ish, inshodagi xatolar, xulq-atvordagi og‘ishlar va boshqalar) yordamida ma’lum vositalar (nazorat ishlari, test topshiriqlari, loyihalar, imtihon va sinov savollari) yordamida baholash134.
134 Лекция 5. Анализ данных // https://tsput.ru/res/informat/mop/lections/lection_5.htm.