Reyting (ingl. “baholash”, “tartibga keltirish”) – muayyan hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash.
Rivojlanishnibashoratlash – dinamik xarakterga ega modelning asosiy natijasi bo‘lib, uning yordamida tashxislanuvchi ob’ektning sabab-oqibatli o‘zaro bog‘liqligi, uning mavjud bo‘lishini ta’minlovchi jarayon qonuniyatlari to‘g‘risidagi qarashlar tartiblanadi.
“Sinektika” metodi(Uilyam Gordon) – muqobillar (o‘zaro o‘xshash jihatlar)ni izlashga xizmat qiladigan metod. Metodni qo‘llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1-bosqich: zarur ob’ekt (mavzuga oid muhim tushuncha) tanlanadi; 2- bosqich: tanlangan ob’ektning muqobil (o‘zaro o‘xshash jihat)larini topish uchun ikki bo‘limdan iborat jadval shakllantiriladi; 3-bosqich: jadvalning 1-ustunida tanlangan tushunchaga to‘g‘ri muqobil bo‘lgan tushunchalar qayd etiladi; 4- bosqich: 1-ustunda qayd etilgan har bir tushuncha asosida maqsad, tushunchaning mohiyati va noto‘g‘ri muqobillar belgilanadi.
Sinf – yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo‘lgan muayyan o‘quvchilar guruhi.
Sog‘lomoila – oila a’zolari axloqiy e’tiqod, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, psixologik jihatdan bir-birini tushunadigan va o‘zaro qo‘llab-quvvatlaydigan, moddiy jihatdan yetarlicha ta’minlangan oila.
Standart(davlatta’limstandarti–DTS; ingl. “standard” – meyor, namuna) – uzluksiz ta’lim bosqichlarining asosiy ta’lim dasturlari mazmunining zaruriy minimumini, o‘quvchilarga yuklanadigan o‘quv yuklanmalarning maksimal hajmini, ta’lim muassasasi bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasini, ta’lim jarayonini ta’minlash (uning moddiy-texnik, o‘quv-laboratoriya, axborot- metodik, kadrlar taminoti)ning asosiy talablarini aniqlab beradigan meyor va talablar135. Diagnostika nazariyasida “standart” tushunchasi quyidagi uch jihatga ko‘ra qo‘llaniladi: 1) o‘lchash, o‘zaro solishtirish, tahlil qilish va baholash uchun asos bo‘ladigan ko‘rsatkich; 2) psixologik-pedagogik ko‘rsatkich (shkala)larni shakllantirish uchun asos bo‘ladigan ixtiyoriy etalon (namuna); 3) muayyan jamiyat tomonidan e’tirof qilingan ijtimoiy axloq mezoni.