O‘zbekiston respublikasi


Talab (psixologik-pedagogik



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə174/183
tarix10.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128011
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   183
педагог диагнос ва коррекция дарслик 2023 27 03

Talab (psixologik-pedagogik talab) turli xatti-harakatlarni bajarish, muayyan faoliyatda ishtirok etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy –psixologik xulq-atvor me’yorlari va tarbiyaviy ta’sir usuli. U ma’lum harakatlarni rag‘batlantirish yoki to‘xtatish, shaxsni ijobiy harakatlarga undash xarakteriga ega bo‘ladi. Psixologik va pedagogik diagnostikada talab (psixologik-pedagogik talab)lar to‘rtta guruhga ajratiladi. Ular: 1) nazariy xarakterga ega talab (psixologik va pedagogik ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riq, maslahat; o‘lchov birliklari); 2) amaliy xarakterga ega talab (tashxislash jarayonida ustuvor bo‘lgan omillarga tayanishni taqozo qiladigan psixologik-pedagogik talab; o‘lchov birliklari); 3) ob’ektiv qonuniyatlar asosida shakllantiriladigan tashxis tamoyillari;

  1. tashxislash jarayonini tashkil qilish tartibi va qoidalari.

Tamoyil (lot. “principium” – boshlang‘ich) – muayyan ta’limot, nazariya, fan yoki qarashlarning asosiy, boshlang‘ich holati.





135 Педагогика. Изоҳли луғат / Ў.Асқарова, М.Усмонбоева, Х.Рахматова, Ф.Эҳсонова, Ф.Асқарова. Наманган: НамДУ, 2014. – 130-б.
Tarbiyaviy imkoniyat – shaxs yoki jamoaning individga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish quvvati va qobiliyatlari.
Tarbiya jarayoni – muayyan, aniq maqsad va ijtimoiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori, dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni; o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etilib, aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayoni.
Tarbiyalanganlik - o‘quvchida axloqiy fazilatlar, mehnat ko‘nikmalari hamda hayotiy tajribaning shakllanganligi yoki rivojlanganligi.
Tarbiyalash – 1) o‘quvchini tarbiyalab voyaga yetkazish, ulg‘aytirish; 2) shaxsni tarbiyalash yo‘lida amaliy pedagogik harakatlarni, faoliyatni tashkil qilish.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin