O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə178/183
tarix10.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128011
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183
педагог диагнос ва коррекция дарслик 2023 27 03

O‘zini o‘zi boshqarish – shaxsning muloqot, xulq-atvor hamda faoliyatda o‘z faolligini boshqarish asosida maqsadga muvofiq holda o‘zgarishi. Ijodiy jarayon bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish shaxsning muhim vaziyatlarda o‘zini anglashi, yangi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yishi, ularga erishish yo‘lida to‘g‘ri qarorga kelish vositalarini izlashini ifodalovchi ijodiy jarayon sanaladi.
O‘zini o‘zi nazorat qilish – shaxsning zarur irodaviy sifatlarini namoyon etgan holda turli vazifatlarda o‘z qarashlari, o‘y-fikrlari, his-tuyg‘ulari, xulq- atvorini nazorat ostiga olish malakasiga egalik.
O‘lchash natijalarining asoslanganligi (ingl. “validity” – yaroqlilik (haqqoniylik, qonuniylik) – qo‘llanilgan metodika hamda muayyan sharoitlarda amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining haqqoniyligi va yaroqliligi.
O‘lchash natijalarining ishonchliligi (ing. “reliability”) – olingan natijalarning aniqligi va ularning tasodifiy omillarga ta’siriga barqarorligini ifodalovchi tavsif. Natijalarning ishonchliligi o‘lchash ishlarining haqiqatda, tashxislash yoki tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda belgilangan talab, aniqlangan mezonlarga muvofiq amalga oshirilganligini anglatadi.
O‘lchash – qandaydir belgining ahamiyati, qiymatini aniqlash jarayoni.
O‘lchov (yoki o‘lchov birligi) – muayyan ko‘rsatkichni miqdor jihatdan baholash uchun qabul qilingan kattalik.
O‘quvchilar jamoasi – ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida bir necha o‘quvchilardan tashkil topgan guruh.
O‘quvchilar jamoasining tarbiyaviy imkoniyatlari – sinf (guruh) jamoasining har bir o‘quvchiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish quvvati va qobiliyatlariga egaligi.
O‘quvchilar jamoasining tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxislash – sinf (guruh) jamoasining har bir o‘quvchiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish quvvati va qobiliyatlariga egaligini aniqlash va mavjud darajasini baholash. Korreksiyalashda o‘quvchilar jamoasining tarbiyaviy imkoniyati asosida o‘quvchiga ko‘rsatiladigan



136 Челышкова М.Б. Теория и практика конструирования педагогических тестов. – М.: Педагогика, 2001. – С. 359.
137 Демьянович О.В. Самооценка как социально-психологический феномен // http://www.sch612. edusite.ru/samoocenka.pdf.
ta’sir quyidagi metodlar asosida amalga oshiriladi:

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin