O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə2/183
tarix10.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183
педагог диагнос ва коррекция дарслик 2023 27 03

ANNOTATION


This textbook examines the theoretical and practical foundations of diagnostics, the history of development, as well as the cognitive description of methods, basic principles and stages of correctional activity. The textbook also shows the features of diagnostics of the learning process, diagnostics of the level of intellectual development, moral education and professional orientation of students, assessment of the educational potential of the class (group) and family using diagnostics, as well as the empirical foundations of planning educational work in continuous education using diagnostics. The textbook is intended for teachers, educators, students of higher educational institutions, researchers in particular undergraduates and those who are interested in pedagogical diagnostics.

Taqrizchilar:


Asqarova O’giloy Mamashokirovna pedagogika fanlari doktori, prof. NamDU Erkaboeva Nigora Shermatovana pedagogika fanlari doktori,prof QDPU Nishonov Mahmudjon Sobirovich pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. NamDU

SO‘ZBOSHI


Inson kapitali global axborotlashuv, raqamli texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida jamiyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuch sifatida e’tirof etilmoqda. Shu bois jahonning iqtisodiy jihatdan еtakchi inson kapitalidan samarali foydalanish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda ham uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ta’lim oluvchilarning iqtidorini baholash, ularning imkoniyatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “ta’lim olishga munosib, yuksak aql-zakovat va еtakchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan yoshlarni aniqlash”1 ijtimoiy taraqqiyot, jamiyat istiqbolini ta’minlashiga ishonch bildiradi. Bu esa o‘z navbatida respublika uzluksiz ta’lim tizimi oldida “yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy еtuk insonlar etib tarbiyalashdan iborat”2 muhim ijtimoiy-pedagogik vazifani qo‘yadi.
Pedagogik fikrlar tarixi taraqqiyotida o‘qitish sifatini ta’minlash va natijasini kafolatlash, tarbiya samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ta’lim va tarbiya jarayoni ijtimoiy sub’ektlar – o‘qituvchi hamda o‘quvchilar ishtirokida tashkil etiladi. O‘qituvchilar kasbiy kompetentligining turli darajada bo‘lishi, o‘quvchilarning yosh, fiziologik, psixologik jihatdan bir-biridan farqli imkoniyatlarga egaligi o‘qitish va tarbiya jarayonida muayyan, xususan, bir guruh o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtira olmasligi, ularda ijtimoiy-pedagogik talablarni bajarishda me’yordan og‘ish holatining kuzatilishi kabi muammolarni yuzaga keltiradi. Mavjud muammolarni bartaraf qilish maqsadida XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida psixologiya sohasida turkum tadqiqotlar amalga oshirildi. Natijada XX asarning dastlabki o‘n yilliklarida “psixologik diagnostika” nazariyasi, so‘nggi o‘n yilliklarida esa “pedagogik diagnostika” nazariyalari asoslandi. Ushbu nazariyalarning asosiy g‘oyasi va tadqiqot yo‘nalishini ta’lim sifatini real holatni tashxislash asosida tahlil qilish hamda baholash tashkil qiladi. Namoyon bo‘layotgan nuqsonlarni bartaraf etish, tuzatish choralarini belgilashga bo‘lgan ijtimoiy-pedagogik ehtiyoj OTMda “Pedagogik diagnostika va korrekцiya” o‘quv fanini o‘qitish zarurligini ko‘rsatdi.
OTMning magistratura yo‘nalishida “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fanining o‘qitilishi magistrantlarda kasbiy faoliyat jarayonida ta’lim sifatini ta’minlashga to‘sqinlik qiluvchi holatlar – fanlarni o‘zlashtira olmaslik, ijtimoiy- pedagogik talablarni bajarishda me’yordan og‘ishni bartaraf etish malakalarini rivojlantirish bilan birga ularni amaliy jihatdan ilmiy-pedagogik tadqiqotni samarali tashkil etishga tayyorlaydi. O‘quv fani asoslarini puxta o‘zlashtirish magistrantlarda mavjud vaziyatni to‘laqonli tahlil qilish, sintezlash, nuqsonlarning kelib chiqishiga o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi barcha omillarni o‘rganish, muammoni bartaraf qilishga tanqidiy yondashish, samarali metod va metodikalarni tanlash, ulardan maqsadli foydalanish malakalarini rivojlantiradi.



1 Мирзиёев Ш.М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. – Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 227-б.
2 Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз.
– Т.: “Ўзбекистон”, 2016. – 14-б.
Ushbu o‘quv fanining kishilik jamiyatining turli bosqichlarida yaratilib, o‘qitish sifatini yaxshilash, samaradorligini kafolatlashga xizmat qiladigan novatsion va innovatsion xarakterdagi metod hamda metodikalar bilan magistrant- talabalarni yaqindan tanishtirishga xizmat qilishi uning amaliy ahamiyatini oshiradi.
“Pedagogik diagnostika va korrektsiya” o‘quv fanining tarkibiy tuzilmasidan o‘rin olgan mavzular nazariy, amaliy hamda tadqiqot xarakteriga ega.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin