O‘zbekiston respublikasi


Rasm. Tashxislovchi vositalarning turlari



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə26/183
tarix10.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128011
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   183
педагог диагнос ва коррекция дарслик 2023 27 03

Rasm. Tashxislovchi vositalarning turlari


Tashxis materiallari quyidagilarga ajratiladi:

  1. yechimini bir yoki ikki harakat (urinish) bilan topish mumkin bo‘lgan oddiy nazorat topshiriqlari (shu jumladan murakkab bo‘lmagan testlar);

  2. doimiy, shuningdek, nostandart vaziyatlarda ko‘p martalik harakat (urinish)ni talab etuvchi majmuaviy nazorat topshiriqlari.

Oddiy nazorat topshiriqlariga quyidagilarni kiritish mumkin: yopiq shakldagi javoblarni tanlashga asoslangan oddiy test topshiriqlari; qisqa javoblar yoki oddiy harakat (urinish)lar bilan hal qilinadigan oddiy vaziyatli topshiriqlar; matnni, yechimni yoki qo‘l harakatlarini yodga olish asosida bajariladigan murakkab bo‘lmagan topshiriqlar.
Oddiy nazorat topshiriqlari sodda bilim va ko‘nikmalarga egalikni tekshirish uchun mo‘ljallanadi. Bu kabi topshiriqlardan tashqari majmuaviy nazorat topshiriqlari ham mavjud bo‘lib, ularnining sirasiga ochiq shakldagi; yechimni bosqichma-bosqich topish mumkin bo‘lgan hamda javobi batafsil bayon etiladigan testlar, individual yoki jamoa bo‘lib bajariladigan loyihalar, laboratoriya ishi yoki trenajyor, stanok, maneken va boshqalarda amaliy harakatlarni bajarishga oid topshiriqlarni kiritish mumkin. Majmuaviy nazorat topshiriqlari muayyan soha






bo‘yicha bajariladigan zarur ko‘nikma, malaka va qobiliyatlarning yaxlit tarzda tekshirilishi uchun xizmat qiladi.
Muayyan shartlarni inobatga olinishi o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini tashxislash, baholashga qaratilgan pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Ular:
tashkiliy-tayyorgarlik ishlarini oqilona tashkil etish;
o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini tashxislash va baholashning metodik ta’minotini yaratish;
yaratilgan metodik ta’minot asosida o‘quvchilarning tegishli bilim, ko‘nikma, malaka va ma’naviy-axloqiy sifatlariga egaligini tashxislash va baholash;
olingan natijalarga ko‘ra metodik ta’minotning amaliyotga mosligini tahliliy o‘rganish;
pedagogik amaliyotning mavjud holatidan kelib chiqqan holda metodik ta’minotni innovatsion xarakterdagi nazariy material, vosita va texnologiyalar bilan boyitish.
Shunday qilib, o‘qituvchining pedagogik voqelikni diagnostik tadqiq qilishda ustuvor tamoyillari, pedagogik tashxislash darajalari hamda bosqichlaridan yetarlicha xabardor bo‘lishi tegishli jarayonni samarali tashkil etilishini ta’minlaydi. Pedagogik faoliyatni tashxislash afaqat o‘qituvchining kasbiy kompetentlik sifatlariga egaligi, shu bilan birga uning pedagogik faoliyatni tashxislashning metodik jihatlaridan xabardorli hamda pedagogik diagnostikani metodik jihatdan to‘g‘ri, oqilona tashkil etishga tayyorligi to‘g‘risi bir to‘xtamga kelishga yordam beradi.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin