O‘zbekiston respublikasi


bosqich: natijalarni talqin qilish (izohlash) va taqdim etish



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə43/183
tarix10.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128011
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   183
педагог диагнос ва коррекция дарслик 2023 27 03

bosqich: natijalarni talqin qilish (izohlash) va taqdim etish. Bu jarayon pedagogik tadqiqot yoki tashxislashning eng murakkab bosqichi sanaladi. Zero, ma’lumotlarga asoslangan holda tashxislash yoki tadqiqot natijalari yuzasidan muayyan xulosaga kelish o‘qituvchi yoki tadqiqotchi uchun mas’uliyatli jarayondir50.

Natijalarni talqin qilish (izohlash)ning asosiy maqsadi – qayta ishlangan ma’lumotlarning asosiy xususiyatlarini aniqlash va tuzatish, ularga tayangan holda holatning mohiyatini tushuntirish, shuningdek, xulosalarni shakllantirish mumkin bo‘ladi.





50 Шкалы измерений // https://studme.org/170818/pedagogika/shkaly_izmereniy.
Ma’lumotlarni statistik qayta ishlashda ularning xolis talqin qilishda o‘qituvchi yoki tadqiqotchining ilmiy-tadqiqotni olib borish malakasi, bilimi, tahlil va qarorlar qabul qilish layoqatiga ega bo‘lishi muhim.

  1. Ma’lumotlarni vizual shaklda taqdim etish. Ma’lumotni tahlil qilishda olingan ma’lumotlarni vizual – tasvir (jadval, tasvir, rasm, sxema, diagramma, gistogramma) ko‘rinishida ixcham holda taqdim etish ularning tushunarli, aniq ifodalanishini ta’minlash bilan birga boshqalar tomonidan oson, tez tushunilishiga yordam beradi. Shu sababli pedagogik tashxislashni amalga oshirayotgan o‘qituvchi yoki mutaxassis, ilmiy tadqiqotni olib borayotgan magistr yoki tadqiqotchi ma’lumotlarni vizual ko‘rinishda taqdim etish malakasini o‘zlashtira olishi zarur. Shuningdek, ular zmonaviy AKT va ularning funksional imkoniyatlaridan yetarlicha xabardor bo‘lishlari kerak. Binobarin, zamonaviy sharoitda ma’lumotlarni vizual ko‘rinishda taqdim etish AKT, xususan, kompyuter texnologiyasi yordamida amalga oshrilmoqda.

  1. Ma’lumotlarni jadval yordamida ifodalash usuli. Bu usul tushunarli matn bilan birga sifat va miqdor ko‘rsatkichlarni taqdim etish imkonini beradi. Odatda jadvalning nomining o‘ziyoq undan foydalanuvchilarga unda keltiriladigan raqamlar qatori va jadvalning ichki sarlavhalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib beradigan mezon yoki ko‘rsatkichlar (o‘lchanayotgan holat, joy, vaqt, o‘lchov birliklari va hokazolar)ga ma’lumot taqdim eta olishi kerak.


  2. Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin