Metodika–aniqbelgilanganmaqsadgaerishishyo‘lida,ma’lumvazifalarni bajarishda foydalaniladigan pedagogik faoliyatning tashkiliyshakllari,metodlari vavositalarijamlanmasi hisoblanadi. Agarda metod umumiy xarakterga ega bo‘lsa, undan farqli ravishda metodika xususiy xarakter kasb etadi. Ya’ni, har bir metodika muayyan shaxsning muallifligida asoslanadi. Pedagogik va psixologik jarayonlarda ikki turdagi metodikalardan foydalaniladi. Ya’ni:
boshqalar tomonidan ilmiy-metodik jihatdan asoslangan va pedagogik, psixologik tashxislash jarayonlarida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan mualliflik metodikalari;
o‘rganilayotgan mavzuning g‘oyasi, uning negizida aks etgan yo‘nalish mohiyati, o‘quvchilarga taqdim etiladigan o‘quv materialning mazmuni, tashxislanishi kutilayotgan holat (o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari yoki axloqiy tarbiyalanganligi)ning o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda har bir o‘qituvchi tomonidan majmuaviy, tizimli ravishda qo‘llaniladigan metodikalar.
Psixolog S.L.Rubinshteyn metodikani xususiy, yordamchi hamda muayyan vaqt oraliqlarida qo‘llaniladigan ilmiy-tadqiqot xarakteridagi metod deb hisoblaydi65.
Tashxislash maqsadida qo‘llaniladigan metodikalarni ishlab chiqish murakkab jarayondir. Turli psixologik hamda pedagogik muammolarni samarali tadqiq qilishga bo‘lgan ehtiyoj pedagog hamda psixologlarni mualliflik metodikalarini shakllantirishga rag‘batlantirdi. So‘nggi o‘n yillikda esa ham pedagogika ham psixologiya sohasida tashxislovchi xarakterga ega mualliflik metodikalarini ishlab chiqishda o‘ziga xos tajriba to‘plandi. Buning natijasida tashxislashda qo‘llaniladigan metodikalarni guruhlarga ajratib o‘rganish imkoniyati yuzaga keldi. Ayni vaqtda ular quyidagicha guruhlanmoqda: