O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə71/183
tarix10.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128011
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   183
педагог диагнос ва коррекция дарслик 2023 27 03

Topshiriqlar mazmuni

BKMni o‘zlashtirish
darajasi

1

2

3

1.

Taqqoslang, tanlang, qiyoslang, ortiqcha ... ni toping

1-daraja: farqlash

2.

Qayta tasvirlang, chizing, yozing, o‘rtog‘ingizga qayta
hikoya qilib bering

2-daraja:
yodda saqlash

1

2

3

3.

Nega, nima uchun, nima bilan bog‘liq, sabab-oqibat aloqasini toping, nima umumiy bo‘lishi mumkin, yagona birlikni toping,
umumlashtiring

3-daraja: qayta yodga
olish

4.

Namuna bo‘yicha, qoidaga muvofiq, formula asosida bajaring, aytib bering, nimadir nima bilan qiyoslang,
qandaydir xossasini aniqlang

4-daraja: amalda
qo‘llash

5.

Ijod qiling, o‘ylab toping, loyihalashtiring, modellashtiring,
isbotlang, yechimini toping

5-daraja: ijodiy
ishni namoyish qilish

O‘qituvchi o‘quvchilarning faoliyati, ijodiy ishlarini baholash uchun metodikani qo‘llash avvalida ularning e’tiborlariga o‘zlashtirganlik darajasi va ularga qo‘yiladigan baho ko‘rsatkichlarini ifodalovchi quyidagi mezonlarni havola etishi lozim:





O‘zlashtirganlik darajasi

Baho

Variant I: 1, 2

“3”

Variant II: 2, 3, 4

“4”

Variant III: 4, 5

“5”

Metodikaning afzalligi shundaki, unga ko‘ra o‘quvchilar bilim, ko‘nikma, malakalar (BKM)ning o‘zlashtirganlik darajasini ifodalovchi variantlar va baholar ko‘rsatkichlarini o‘zlari tanlashi mumkin. Bu degani, ularning o‘zlari o‘qituvchi tomonidan taklif etilayotgan topshiriqlarni ham mustaqil tanlaydi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning mustaqil tanloviga ko‘ra bajargan ishlarini baholab boradi. Uning bu boradagi harakati natijasi quyidagi jadvalda o‘z aksini topadi:



O‘quvchilarning ismi, familiyasi

Topshiriqlarning to‘liq va to‘g‘ri bajarilganligi

Xulosa

O‘zlashtirganlik darajasi







Farqlash

Yodda saqlash

Qayta yodga olish

Amalda qo‘llash

Ijodiy mahsulotni namoyish qilishi
























































































...



















  1. G.A.Russkiy69ning “O‘quvchilarning o‘quv materaillari bilan mustaqil ishlashga tayyorlik darajasini tashxislash” metodikasi o‘zida o‘quvchilar tomonidan mavzu bo‘yicha bilimlar tizimini o‘zlashtirganlik darajasini aniqlash va ularning bilish faoliyatini takomillashtirish, to‘g‘rilashga imkon beruvchi individual dasturlar loyihasini tuzishdan iborat maqsadni ifodalaydi.

Bilim – ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, usiz maqsadga muvofiq harakatlarni tashkil etish mumkin emas. Bilimlar tizimining asosiy vazifasi – borliqning umumiy manzarasini hosil qilish, bilish, amaliy va ijtimoiy faoliyat vositasi bo‘lishdan iborat. Didaktikada bilimlar tizimi ikki katta guruhga ajratiladi. Ular:

  1. amaliy bilimlar (tushunchalar, raqamlar, dalillar, tasavvurlar);

  2. nazariy bilimlar (atamalar, sabab-oqibat aloqalari, qonuniyatlar, qonunlar, tamoyillar, nazariyalar).

Murakkablik vektori atamalardan qonunlar va nazariyaga tomon boradi.
Metodikani qo‘llashda o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha bilimlar tizimi tuzilishiing mantig‘ini ifodalovchi savollarni taklif qiladi. Ya’ni:
  1. Amaliy bilimlarni o‘zlashtirishga doir:


    1. Terminologiyani o‘zlashtirish: nomlash, sanash, to‘g‘ri javobni belgilash, ortiqcha ...ni topish.

    2. Raqamli materialni o‘zlashtirish: qancha, qachon, raqamlarni sanash, ... tasdiqlovchi raqamli dalillarni belgilash.

    3. Dalillarni o‘zlashtirish: qanday dalillar ...ni tasdiqlaydi, ... qaerda joylashgan, bu qanday yuz berdi, ... ning asosiy belgilari nimalardan iborat.

    4. Tasavvurni o‘zlashtirish: ... to‘g‘risida hikoya qilish, ... ning tashqi belgilarini tasvirlash, ... ga ta’rif berish.

  2. Yüklə 1,23 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin