14. ... metodi o‘quvchini turli topshiriq (buyruq)lar yozilgan kartochkalar to‘plamiga tayanib, yangi g‘oyalarni izlash, asoslash va ilgari surishga yo‘naltiradi.
“Morfologik quti”;
Ushbu tashxislovchi metod YuNESKO tashkiloti tomonidan tasdiqlangan. So‘z bilan ifodalanmaydigan testlar guruhiga kiruvchi metod 25 ta testdan iborat bo‘lib, nutqqa asoslanmagan aqliy layoqat darajasini tashxislashga yordam beradi. Testni yechish jarayonida o‘quvchilar og‘zaki bo‘lmagan ma’lumotlarni tahlil qilish, sintezlash, mantiqiy fikrlash, predmet yoki hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqni topish qobiliyatiga egaliklarini namoyon qiladi. Mazkur test 14 yoshdan katta shaxslar, xususan, o‘quvchilar uchun tavsiya qilingan. Test bilan ishlash uchun 20 daqiqa vaqt beriladi.
Ko‘rsatma: 4 ta mashqlantirishga oid va 29 ta asosiy topshiriqlardan iborat. Har bir topshiriq ikki qismli bo‘lib, bir qatorni egallaydi. Chap
tomonda to‘rtta kvadrat bo‘lib, ularning uchtasi rasmlar bilan to‘ldirilgan, bittasi ochiq qoldirilgan. Rasmlar muayyan izchillikda joylashtirilgan, biroq, yakuniga yetkazilmagan.
Topshiriq:o‘quvchi rasmning o‘ng tomonidagi qismidan izchillikni ta’minlash maqsadida chap tomondagi rasmlarga mosini tanlashi va uning tartib raqamini ochiq kvadrat ichiga qayd etishi kerak.