O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə91/183
tarix10.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128011
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   183
педагог диагнос ва коррекция дарслик 2023 27 03

Tarbiyalovchi vaziyatlarning tashkil etilishi va namoyon bo‘lishi. O‘quv-tarbiyalovchi vaziyatlarni namoyon bo‘lishi va tashkil etilishining shakllari turlicha bo‘lishi mumkin. Ularning yuzaga kelish va rivojlanish jarayonida ko‘p omillar o‘quv jarayonining ob’ektiv holatlari hamda pedagogik faoliyat sub’ekti – o‘qituvchiga bog‘liq.

Rag‘batlantiruvchi vaziyat; tanlov vaziyati; muvafaqqiyat vaziyati; ziddiyatli vaziyat; o‘quv masalalarning yechimini topish vaziyatlari; tavakkal kilish vaziyatlari; tanqid va o‘z o‘zini tanqid kilish vaziyatlari; yordam va uzaro yordam kursatish; tahdid va jazolash vaziyati; o‘z-o‘zini baholash vaziyati; muloqot vaziyati; bo‘ysindirish vaziyati; ishonish vaziyati; ayblash vaziyati; bir ish(muloqot)dan boshqasiga o‘tish vaziyati; kurashish va raqobat vaziyati; dalda berish vaziyati; e’tiborsizlik qilish vaziyati; chegaralash vaziyati; o‘yin vaziyatlari;
javobgarlik va mas’uliyatni sezgan holda qaror qabul qilish; faoliyatning yangi usullarini uzlashtirish vaziyatlari; ishonch bildirish vaziyatlari; talab qilish vaziyati; trening vaziyati; tartibsizlik vaziyati kabilar tarbiyalovchi vaziyatlarning ko‘rinishlari sanaladi.
Mazkur holatlarni o‘quv-tarbiyaviy faoliyat jarayonida eng ko‘p yuzaga keluvchi alohida o‘quv-tarbiyalovchi vaziyatlar misolida ularning namoyon bo‘lish shakllari, mohiyati va xususiyatlarini ko‘rib chiqish mumkin.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vaziyatlar o‘quv-tarbiyalovchi vaziyatlarning yana bir shakli bo‘lmish muvaffaqiyatli vaziyatni rivojlanishi uchun zamin yaratadi. V.A.Suxomlinskiyning aytishiga ko‘ra, “qiyinchiliklarni yengib o‘tish, bilim olish xohishi uchun energiya hosil qiluvchi ichki kuchning yagona manbai”

  • o‘qishdagi muvaffaqiyatdir.

  1. Tarbiyaviy xarakterdagi muvaffaqiyatli vaziyatlarni hosil qilish. Pedagogik jarayonda muvaffaqiyatlarni kafolatlaydigan vaziyatlar ham namoyon bo‘ladi. O‘qituvchilar imkon qadar ana shunday vaziyatlarning ko‘proq yuzaga kelishini ta’minlashga e’tibor qaratishlari lozim. Bu boradagi harakatlar muvaffaqiyatli vaziyatlarni loyihalashtirish deb nomlanadi.


Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin