Tasavvur qiling, qo‘lingizda sehrli tayoqcha va 10 ta istaklar ro‘yxati bor.
Ammo istaklarning faqat beshtasini bayon qilingiz mumkin.
Istaklar ro‘yxati yozuv taxtasiga oldindan yozib qo‘yiladi.
Istaklar ro‘yxati:
Sevimli inson bo‘lish.
Ko‘p pulga ega bo‘lish.
Eng zamonaviy kompyuterga ega bo‘lish.
Sodiq do‘stga ega bo‘lish.
Men uchun ota-onamning salomatligi muhim.
Ko‘pchilikka buyruq berish huquqiga ega bo‘lish.
Ko‘p sonli xizmatkorlarga ega bo‘lish va ular ustidan “hukmronlik qilish”.
Sofdil yurakka ega bo‘lish.
Atrofdagilar hamdard bo‘lish va ularga yordam berish.
Boshqalarda hech qachon bo‘lmaydigan buyumlarga ega bo‘lish.
Sharh:
Salbiy javoblarning tartib raqami: 2, 3, 6, 7, 10.
Ijobiy javoblarning tartib raqami: 1, 4, 5, 8, 9.
Beshta ijobiy javob – yuqori darajada hayotiy qadriyatlarga egalik. 4-3 ta ijobiy javob – o‘rta darajada hayotiy qadriyatlarga egalik.
2 ta ijobiy javob – qoniqarli darajada hayotiy qadriyatlarga egalik. 0-1 ta ijobiy javob – past darajada hayotiy qadriyatlarga egalik.
4-usul. Axloqiy motivatsiya diagnostikasi
Ko‘rsatmalar:
O‘qituvchi: Men sizga to‘rtta savol beraman. Siz ularga berilgan to‘rtta javobdan birini tanlashingiz kerak.