O`zbеkistоn rеspublikasi



Yüklə 177,11 Kb.
səhifə1/6
tarix14.09.2023
ölçüsü177,11 Kb.
#128966
  1   2   3   4   5   6
Fundamental tadqiqotlar va ularning jamiyat taraqqiyotidagi o\'rni.Amaliy tadqiqot va ishlab chiqarish

O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI


ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH RANCH TEXNOLOGIYA UNIVЕRSITЕTI



2201- MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI” GURUHI TALABASI
RO’ZIYEV YUSUFBOY ning


MUSTAQIL ISHI
Mavzu:_______________________________________________________

Bajardi : _______________________


Qabul qildi: _______________________




Mavzu: Fundamental tadqiqotlar va ularning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni. Amaliy tadqiqot va ishlab chiqarish.


Reja:

  1. Tadqiqot darajalari va turlari.

  2. Ilmiy tadqiqot shakllari.Fundamental tadqiqot.

  3. Amaliy tadqiqot va uning ishlab chiqarishdagi o’rni.

  4. Fundamental tadqiqotning rivojlanishdagi ro’li.

Ma’lumki, inson o’z ijodiy izlanishlari asosida dunyoni o’zgartiradi va o’zini yaratuvchi, ijodkor, kashfiyotchi sifatida namoyon etadi.


Ijodning maxsus shakli bo’lgan ilmiy tadqiqot jarayoni o’ziga xos metodologik xarakterga ega. U subyektning borliq hodisalarini qay darajada bilishida namoyon bo’ladi. Shu nuqtai nazardan, ilmiy tadqiqot fanda evristik xarakterga ega. Zero, ilmiy-tadqiqot jarayonida subyekt obyektga faol, izchil ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sir jarayonida inson o’zini qurshab turgan muhitni o’zgartiradi, shu paytgacha ko’rilmagan, anglanilmagan, o’rganilmagan, g’aroyib va jozibali yangilikni yaratadi yoki kashf etadi. Shu ma’noda faoliyat kishilik jamiyati mavjudligining zaruriy sharti sifatida dunyoni o’zining maqsadiga ko’ra o’zgartirishga qaratilgan inson xatti-harakatini namoyon etadi. Ilmiy tadqiqot-bu insonning o’zi va atrofidagi o’zgarishlami anglab yetishga doimiy ravishda tayyor turish, yangicha tafakkur qilish asosida o’z qobig’idan chiqa olishidir. Yangi narsalami ixtiro etishga bo’lgan intilish olimning nazariy huzur-halovatini namoyon etadi.
Bugungi kunda ko’plab olimlar ilm-fanning nazariy va amaliy masalalrini ilmiy asosda tadqiq etmoqdalar. Nazariy g’oyalarni amaliyot bilan uyg’unlashtirish, kashfiyotlar yaratish va ixtirolar qilishda buyuk olimlar tajribasidan foydalanish muhim ahamlyatga ega. Chunki ilmiy tadqiqot jarayonida shaxs yoki jamoa, jamiyat taraqqiyotini ilgarilashiga ta’sir qiluvchi yangilik yaratiladi. [Shermuhamedova N.A, “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”,3-bet]
Shuni alohida qayd etish lozimki, mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O'zbekistonda fanning barcha sohalari rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan,O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi(O‘zFA) mamlakatimizning bosh ilmiy tashkiloti bo‘lib, uning tarkibida 36 ta ilmiy tadqiqot muassasalari, 4 ta davlat muzeyi,3 ta hududiy bo‘Iim: Xorazm Ma’mun akademiyasi, Qoraqolpog’iston va Samarqand bo‘limi, 6 ta Andijon,Namangan, Buxoro, Farg‘ona, Qashqadaryo va Surxondaryo ilmiy bo‘limlari kiradi, bugungi kunda ulaming moddiy-texnika bazasi yangi texnologiyalar bilan ta’minlandi. [Shermuhamedova N.A, “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, 25-bet]
Ijod va uning barcha turlari (badiiy, texnikaviy, ilmiy va boshqalar) haqidagi ilmiy bilimlaming rivoji uning mohiyatiga nisbatan turlicha falsafiy talqinlarning shakllanishiga olib kelgan. Bu esa, ijodiy faoliyat doirasida erishilgan ilmiy izlanishlar natijalariga tayangan holda uning mazmuniga aniqlik kiritish, ilmiy asoslangan ta’rifni ishlab chiqishni taqozo qilmoqda. .
Ilmiy tadqiqot faoliyati insonga o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini baholashga amaliy yordam beradi, ya’ni agar inson haqiqiy olim bo’lishni istasa, o’zining ehtiros va intilishlarini boshqarishi, oqilona, samarali va optimal qarorlar qabul qilishi, ezgulikka xizmat qiladigan evristik faoliyat bilan mashg’ul bo’lishi lozim. Bunday faoliyatning natijasi kashf qilish, yaratuvchanlik sifatida namoyon bo’ladi. Ushbu holat, ilmiy-ijodiy faoliyatni tahlil qilish, tushunish va unga baho berishda yangidan-yangi imkoniyatlami ochadi. Shu nuqtai nazardan ham ilmiy tadqiqot jarayoniga oid yondashuvlami yanada chuqurroq tadqiq etish, uning o’ziga xos xususiyatlarini izlab topishga yordam beradi. [Shermuhamedova N.A, “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, 4-bet]
Tadqiqotning ikkita darajasi mavjud: nazariy va empirik daraja.

Yüklə 177,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin