O'zbekiston respublikasi


Qonun ustuvorligini ta’minlash



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix02.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#137006
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
dokumen.tips kurs-ishi-2020-6-14-asosiy-qism-1-oazbekistonda-bozor-iqtisodiyotiga-oatish

Qonun ustuvorligini ta’minlash. 
O’zbek modelining yana bir harakterli 
tamoyili qonun ustuvorligini yoki ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining 
huquqiy asoslarini ta’minlash bilan bog’liqdir. Chunki bozor munosabatlarining 
o’ziga xos qonun va qoidalari bo’lishi tabiiy. Xorijda bunday tartib va qoidalar bir 
necha yuz yillar mobaynida shakllanib, takomillashib kelgan. Ularni inkor etish 
yoki mensimaslik - xato. Global iqtisodiyotga integrasiyalashuv ham aynan shuni - 
ularga rioya etishni talab qiladi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, 
«ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining qonunchilik asosini yaratish - bu 
faqat o’tish davrining majburiy shartigina bo’lib kolmay, balki huquqiy davlatni 
barpo etishning o’ziga xos xususiyati hamdir». Bu xulosadan ko’rinib turibdiki, 
bozorga o’tish sharoitida xo’jalik yuritishning muayyan yo’nalishlarini tartibga 
solish bo’yicha qabul qilinadigan qonunlar qisqa muddatga yoki tor sohalar bilan 
cheklanib qolmasdan, uzoq muddatlarga muljallangan jamiyat hayotining barcha 
jihatlarini huquqiy ta’minlashga qaratilgan bo’lishi lozim. Ayni paytda 
Prezidentimiz qonunlar xayotiy, amaliyot bilan uzviy bog’liq bo’lishi va undan 
kelib chiqmog’i, qonun xujjatlarining bevosita ta’sir kuchi shunga muvofiq 
fukarolarning ham huquqiy madaniyati yuqori bo’lishi lozimligini ta’kidlaydi. 
«Qonunning ustuvorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy, eng avvalo, iqtisodiy 
munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha katnashchilari esa 
xech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo’ladi».
39 
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 53-moddasida «Bozor 
munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini 
xilma-xil shakldagi mulk tashkil etadi. Davlat ... barcha mulk shakllarining teng 
huquqligini va huquqiy jixatdan bab-barobar muhofaza etilishini kafolatlaydi. 
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxleiz va davlat himoyasidadir»
40
deb 
mustaxkamlab qo’yilgan. O’zbekistonda «Yer, yer osti boyliklari, suv, usimlik va 
hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir».
41
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirishni 
huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlash maqsadida «O’zbekiston Respublikasida 
mulkchilik to’g’risida» (1990), «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtrish 
to’g’risida»gi 
(1991) 
O’zbekiston 
Respublikasi 
qonunlari, 
Vazirlar 
Maxkamasining «Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish, davlat savdo 
va umumiy ovqatlanish korxona va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirishni tashkil etishning chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori va boshqa 
qonunosti hujjatlari qabul qilindi. 
39
Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 321-бет
40
Узбекистон Республикаси Конституцияси. - Т., «Ўзбекистон», 2003, 11-бет. 
41
Ўша жойда. 12-бет 


29 
«Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida» 
(1996), «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida» (1996), «Tabiiy 
monopoliyalar to’g’risida»gi (1997) qonunlar mamlakatimizda raqobat muhitini ri-
vojlantirish, bozorlarda monopolistik holatlarning oldini olishda huquqiy asos 
bo’lib xizmat qilayotir. 
Tadbirkorlik faoliyatining qonuniy asoslarini yaratish va takomillashtirish 
maqsadida 1995 yilda «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni 
rag’batlantirish to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. 1997-1999 yillarda esa 
«Xo’jalik yurituvchi subyektlarni davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida», 
«Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari to’g’risida», «Tadbirkorlik 
va tadbirkorlar faoliyatini kafolatlash to’g’risida»gi qonunlar qabul qilindi. 2000 
yilda «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi qonunning 
qabul 
qilinishi 
ham 
tadbirkorlik 
faoliyatining 
yanada 
kengayishi 
va 
mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. 
Qonun ustuvor bo’lmagan joyda korrupsiya va boqimandalik, o’g’irlik 
yulg’ichlik g’aznani talash, tayyorga ayyorlik kabi jamiyat me’yoriy holatiga zid 
illatlar tomir otadi. Shular orasida bir qarashda oddiy, beozor tuyuladigan 
boqimandalikning ham xavfi juda katta. 
Boqimandalik, o’zining lug’aviy ma’nosiga ko’ra, birovning qaramog’ida 
bo’lish, birovga boqimlik, nonxurlik, qaramlikni bildiradi. 
Xo’sh, u qanday va qayerdan paydo bo’ladi? 
Haddan tashqari markazlashgan reja va qat’iy taqsimot hukmron jamiyatda 
boqimandalik uchun iqtisodiy va ijtimoiy sharoit mavjud bo’ladi. Buni sobiq 
ittifoq misolida ko’rish mumkin. Chunki, moddiy ne’matlar ularni ishlab chiqarish 
uchun sarflangan mehnatga muvofiq emas, sun’iy ravishda taqsimlash vositalari 
orqali bir xil, ya’ni hammaga teng bo’linar va iste’mol etilardi. O’tgan 70 yildan 
ko’prok davr mobaynida bunday kayfiyat ("Bersang - yeyman, ursang - ulaman!") 
kishilarning ongiga chuqur singib ulgurdi. Shuning uchun bunday kayfiyatdan 
qutulish tez va oson kechmaydi. Jamiyatni boqimandalik kayfiyatidan batamom 
forig’ etish mulkka egalik ko’nikmalarini to’la shakllantirish kabi muayyan davr, 
targ’ibot-tushuntirish, uqitish-o’rgatish ishlarini talab qildi. 
Albatta, hyech bir jamiyat boqimandalik rivoj topishidan manfaatdor emas. 
Lekin, shunga qaramay, u turli shakllarda zoxir bo’ladi. 
Avvalo, boqimandalikning uch turini bir-biridan farqlash kerak. Birinchisi, 
eng oddiy, maishiy shaklda namoyon bo’ladi. Hyech qayerda ishlamaydigan, 
hyech kimga nafi tegmaydigan, birovlar mehnatining natijasini o’zlashtirishni odat 
qilgan, boshqalar hisobiga kun o’tkazib yuradiganlar shular jumlasidandir.
42
Boqimandalikning ikkinchi turiga, uning yasama, soxta shakli kiradi. 
Masalan, sho’ro zamonida «og’alar»ning boshqa respublikalar aholini 
boqimandalikda ayblashi davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan edi. Go’yo milliy 
respublikalar o’zlarini o’zlari boqa olmaydi, shuning uchun milliy byudjet 
42
Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 133-134 бетлар 


30 
taqchilligini to’ldirish maqsadida umumittifoq byudjetidan dotasiya oladi, markaz 
boshqa o’lkalar uchun donorlik vazifasini bajaradi. Milliy respublikalar esa, 
aksincha, o’zlarini «umumiy qozon»ga ko’p ulush qo’shgan-u, ammo 
«cho’mich»da qoqilgan hisoblardi. Aslida yagona xalq xo’jaligi kompleksi deb 
atalgan xalqlar va milliy tuzilmalar konglomeratiga kim qancha bergani-yu, undan 
qancha olganini aniq aytish qiyin edi. Qizg’in baxslar natijasi o’laroq respublika 
xo’jalik hisobi tushunchasi paydo bo’ldi. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar ham o’z 
xo’jalik hisobini tashkil etishga kirishib ketdi. Biroq ular biron-bir amaliy natija 
bermadi. Boshqacha bo’lishi ham mumkin emasdi. Bu boradagi baxs va 
extiroslarga SSSRning barham topishi, milliy respublikalar o’z davlat 
suverenitetini o’rnatishi, bozor munosabatlariga o’tish nuqta qo’ydi. 
Boqimandalikning uchinchi shakli ancha uyushgan va takomillashgan. Unga 
qarshi samarali ko’rash olib borilmasa, jamiyatga juda katta iqtisodiy va ma’naviy 
zarar yetkazadi. Odatda u davlat, o’rta va quyi bo’g’inlarda yaratilgan moddiy 
ne’matlarni, resurslarni taqsimlash jarayonida sodir bo’ladi. To’g’ri, bozor 
iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan moddiy-texnika ta’minoti, fondlarni 
taqsimlash, har xil limitlarni ajratish kabi mexanizmlarga barham berildi. Ammo 
xali ham turli xil darajalarda markazlashgan pul resurslarini shakllantirish va 
ulardan foydalanish institutlari mavjud. Xuddi ana shu joyda boqimandalik uchun 
imkoniyat vujudga kelishi mumkin. 
Markazlashgan pul resurslarini shakllantirish va undan foydalanishning eng 
muhim quroli davlat byudjeti va maxalliy byudjetlardir. Byudjet daromadlari, 
asosan, soliqlardan hosil bo’ladi. Uning kichik bir qismi bojxona bojlari va resurs 
to’lovlari hisobiga to’g’ri keladi. Bevosita aholi daromadlaridan undiriladigan 
soliqlar hisobiga ham davlat byudjeti daromadlari shakllanadi. Mamlakatimizda 
korxona daromadlari va aholi daromadlaridan bevosita undiriladigan soliqlar 
sezilarli darajada o’sganligiga qaramasdan, ularning yalpi ulushi byudjet 
daromadlarining 40 foizga yaqinini tashkil etadi, xolos. Bilvosita soliqlar (asosan, 
aksiz va qo’shimcha qiymat soliqlari) miqdori biroz pasaygan bo’lsada, byudjet 
daromadlarida ularning hissasi baland - qariyb 50 foizga teng. 
Davlat o’zi beradigan ayrim xizmatlarga haq to’lash, iqtisodiyotda harajallar 
darajasini nazorat qilish, daromadlarni taqsimlashdagi tengsizlikni bartaraf etish, 
mamlakat sanoatini chet ellik raqobatchilardan himoyalash va boshqa maqsadlarda 
soliq undiriladi. Agar davlat u yoki bu turdagi mahsulot ishlab chiqarishni (tamaki, 
aroq) kamaytirishni xoxlasa, unga ko’proq soliq belgilaydi. 
Iqtisodiyotni moliyalashtirishga ketadigan byudjet harajatlari hissasi barcha 
byudjet harajatlarining 50 foizdan ziyodrog’ini tashkil etmoqda. Byudjet 
harajatlarida ijtimoiy-madaniy tadbirlarning ulushi - 45,3 foiz. 
Davlat hamma vaqt davlag byudjeti daromad va harajat qismlarining 
muvozanatda bo’lishidan manfaatdor. Agar byudjetning daromad qismidan 
harajati oshib ketsa, passiv byudjet balansi vujudga keladi. Bu - davlat byudjeti 
taqchilligiga olib keladi. 1995 yili mamlakatimizda davlat byudjeti taqchilligi yalpi 
ichki mahsulotning 2,8 foiziga teng edi. Necha yillardan beri faol byudjet balansi 
amal qilib kelmoqda. 


31 
Pul resurelaridan foydalanishni tashkil etishning davlat va mahalliy 
byudjetlaridan tashqari yana boshqa shakllari ham mavjud. Davlat sug’urta fondi, 
davlat bandlik, salomatlik, "Sog’lom avlod uchun‖ fondlari va boshqalar shular 
sirasiga kiradi. Ular davlat byudjeti mablag’larining harakatchanligini oshirishga, 
zarur bo’lganda mablag’lardan aniq yo’nalishlarda maqsadli foydalanishga xizmat 
qiladi. Ammo mavjud mablag’larni qayta taqsimlash chog’ida ijtimoiy ehtiyojlar 
zarar ko’rmasligi, davlatning muhim xayotiy zaruratlariga sarflanadigan 
harajatlar miqdori kamaymasligi lozim. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyotiga 
o’tish sharoitida aniq yo’nalishlar bo’yicha byudjetdan tashqari maxsus fondlar 
tashkil etiladi. Ular davlat va mahalliy byudjet vositalaridan ham foydalanishi 
mumkin. 
Masalan, ijtimoiy sug’urta fondi turli xil nafaqalarni to’lash uchun pul 
resurelarini tashkil etishni ko’zda tutadi. U vaqtincha ish qobiliyatini yo’qotganlik, 
homiladorlik va tug’ish, sanatoriy va kurort xizmatlarini moliyalashtirish va 
boshqa maqsadlarga xizmat qiladi. Bu fond harajatlarining asosiy qismi turli 
nafaqalarga sarflanadi. U sug’urta yo’li bilan tashkil etiladi. Bu jarayonda turli 
mulk shakllaridagi korxona va tashkilotlar, ayrim shaxslar, xususan, tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug’ullanadiganlar majburiy tarzda ishtirok etadi. 
Davlat bandlik fondi esa o’z ish joyini yo’qotgan va yo’qotish xavfi bo’lgan 
kishilarni moddiy qo’llab-quvvatlash hamda ularni boshqa mutaxassisliq kasb-
hunarga o’rgatish uchun zarur vositalarni bir joyga to’plash maqsadida tashkil eti-
ladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida xodimlarning malakasi va ma’lumotiga 
qarab ish joyi bilan ta’minlash kafolati o’z ahamiyatini yo’qotsa-da, ammo 
fuqarolarning o’z ish joyini egallash, mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqini 
ta’minlash mas’uliyatini davlat o’zidan soqit qilmaydi. 
Ko’rinib turibdiki, byudjet va undan tashqari fondlar, vosita va 
mablag’larning o’z o’rni hamda ahamiyati bor. Ijtimoiy ahvolimiz, oila a’zolarimiz 
soni va tarkibiga qarab, har birimiz ulardan manfaatdorlik bilan, imtiyoz asosida 
foydalanish huquqiga egamiz. Shunday ekan, byudjet va fondlarga to’lovlardan 
bosh tortish yoki ulardan ozod bo’lishga urinish davlat hisobidan o’ziga moddiy 
qulaylik va ungaylik yaratish, oxir-oqibatda esa davlat oldidagi boqimandalikdan 
boshqa narsa emas. 
Soliq to’lamaslik yoki firibgarlik bilan unga chap berish yoki o’ziga 
noqonuniy imtiyoz yaratib olish - jinoyatdir. Bo’larning hammasi «O’zbekiston 
Respublikasi fuqarolaridan va fuqaroligi bo’lmagan shaxslardan olinadigan 
daromad solig’i to’g’risida» (15.02.1991), «Mahalliy soliqlar va yig’imlar 
to’g’risida» (7.05.1993), «Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlar 
to’g’risida»gi (28.12.1993) qonunlarimiz hamda O’zbekiston Respublikasining 
Soliq kodeksi (24.04.1997) va Bojxona kodeksi (26.12.1997) va boshqa qonun-
qoidalarni qo’pol ravishda buzishdir. 
Agar bunday qulayliklarga ega bo’lish uchun shaxs, korxona yoki tarmoq 
«indulgensiya»ni qo’lga kiritsa, ya’ni o’zi uchun "zarur" qo’shimcha 
imkoniyatlarni qonuniy rasmiylashtirib olsachi? Buning yomonligi shundaki, unda 
ishlab chiqarish harajatlari, mahsulot tannarxi boshqa turdosh korxonalarga 


32 
nisbatan past bo’ladi. Natijada, yuqori daromad (foyda) oladi. Tabiiyki, o’z ishchi 
va xizmatchilariga ham yuqori ish haqi beradi. Shu yo’sinda tarmoq va guruh 
xudbinligi, boqimandaligi shakllanadi. Bir toifadagi, bir xil sharoitdagi korxonalar 
va ulardagi ishchi va xizmatchilar o’rtasida ziddiyat paydo bo’ladi. Chunki bir 
korxonada har bir so’m pul, mahsulot peshona teri evaziga, barcha jismoniy va 
aqliy imkonmyatlar to’la safarbar etilgan holda, zaxmat chekib topilsa, ikkinchi 
korxonada bunday imkoniyatga juda oson - sun’iy yo’l orqali erishiladi. Bunday 
psixologiya esa tez tomir otadi, atrof-muhitga salbiy ta’sir o’tkazadi. Uni 
iqtisodchilar «boqimandalik sindromi» deb ataydi. Negaki, ayrimlar davlat 
byudjeti vositalaridan "bemalol" foydalanishga o’rganib qoladi. Bunday 
toifadagilar, odatda, «chiptasiz yo’lovchilar»ga o’xshatiladi. 
Deylik, xalq ta’limini takomillashtirishga 100 milliard sum mablag’ zarur. Bu 
raqam mamlakatning katta yoshdagi aholisi soniga taqsimlansa, 10000 so’mdan 
to’g’ri keladi. Ya’ni, ularning har biri xalq ta’limi rivoji uchun davlat byudjetiga 
shuncha miqdorda ulush qo’shishi lozim. Agar bu ish erkin va ixtiyoriylik asosida 
amalga oshiriladigan bo’lsa, ayrim fuqarolar o’z ulushini - soliq boj va boshqa 
zarur to’lovlarni to’lamasligi mumkin. Natijada, mamlakat xalq ta’limini 
moliyalashtirish manbalarining muayyan qismidan mahrum bo’ladi. Moddiy 
ne’matlarni ishlab chiqarishga o’z hissasini qo’shmasdan turib, undan 
foydalanishga harakat qiladiganlar ana shunday «chiptasiz yo’lovchilar» 
hisoblanadi. 
Aytish mumkinki, ijtimoiy boqimandalarning jamiyatga keltiradigan moddiy 
va ma’naviy zarari ko’lami jihatidan juda xavfli. Chunki bu toifadagi boqimandalar 
davlatning cho’ntagiga chang soladi. Lekin o’g’riga jazo bor-u, boqimandalik 
uchun aniq jinoiy javobgarlik yo’q Shuning uchun ham bu illat ancha yashovchan. 
Ammo ijtimoiy himoyaga muxtoj yoki boshqa davlat byudjeti hisobidan kun 
kechiradiganlar, masalan, nafaqaxo’rlarni boqimanda yoki davlatga boqim, deb 
atash mumkin emas. O’zbekiston aholisining qariyb yarmidan ko’prog’i mehnatga 
qobiliyatli yoshdagilardir. Qolgan qismini esa mehnatga qobiliyatli yoshdan yuqori 
yoki pastlar, nogironlar, vaqtincha mehnatga layoqatini yo’qotganlar tashkil etadi. 
Odatda ular davlat byudjeti hisobidan nafaqa va imtiyoz bilan ta’minlanadilar. 
Nima uchun ular davlatga boqimanda emas? Chunki, birinchidan, o’zini o’zi 
boqishga qurbi yetmaydigan fuqarolarga g’amxurlik ko’rsatish - ijtimoiy 
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti - davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalishlaridan. 
Ikkinchidan, bugun byudjet hisobidan nafaqa yoki imtiyoz olib turgan 
fuqarolarning aksariyati ilgari o’z davlagi va uning ravnaqi yo’lida mehnat qilgan, 
kolaversa, nafaqa jamg’armasini shakllantirishga o’z hissasini qo’shgan. Maktab 
yoki undan kichik yoshdagilar, talabalar esa mamlakat kelajagidir. Ularga 
sarflanayotgan mablag’ istiqbolda bir necha o’n barobar bo’lib qaytadi. 
Mamlakatimizda ijtimoiy ishlab chiqarishni, qo’shma va xususiy 
tadbirkorlikni, xalqaro savdo-sotiqni rivojlantirishning iqtisodiy-moliyaviy 
mexanizmlari, huquqiy va moddiy asoslari yaratilgan. Ularning to’la ishlashi, 
davlat va maxalliy byudjetlarni, ijtimoiy fondlarni mablag’ bilan ta’minlash 
imkoniyatlari kengaymokda. Bular masalaning asosiy tomoni. Uning boshqa 


33 
muhim tomoni ham bor: jamiyatda yaratilgan moddiy ne’matlarni taqsimlash va 
qayta taqsimlash, ularning ixtiyoridagi vosita va mablag’larni aniq maqsadga 
yo’naltirish va bu borada xudbinlikka yo’l qo’yilmasligi kerak. Eng asosiysi, 
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, faqat uyushgan bozorgina xalqning 
ijodiy va mehnat imkoniyatlarini ochib bera oladi, boqimandalikka xotima beradi, 
tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantira oladi, rag’batlantirishni va 
yuqotilgan egalik tuyg’usini qayta tiklaydi. 
Muhimi, kishilarimizning huquqiy madaniyatini yanada oshirib borish lozim. 
Ana shundagina ular o’zlarining huquq va burchlarini to’laroq anglaydi, 
qonunbuzarliklarning oldi olinadi. Qonun ustuvor joyda esa adolat barqaror 
bo’ladi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin