O'zbekiston respublikasi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/16
tarix02.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#137006
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
dokumen.tips kurs-ishi-2020-6-14-asosiy-qism-1-oazbekistonda-bozor-iqtisodiyotiga-oatish

Kuchli ijtimoiy siyosat: 
O’zbek modelining asosiy tamoyillaridai biri 
kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish, aholining kam ta’minlangan ijtimoiy himoyaga 
muxtoj qismini qo’llab-quvvatlashdir. Bu tamoyil, birinchidan, o’zbek xalqining 
mentalitetidan, tarixiy madaniy qadriyatlaridan kelib chiqsa, ikkinchidan, o’tish 
davrining dastlabki bosqichidagi aholi tarkibi, bozor islohotlari aholi turmush 
darajasi hali ancha past holda saqlanib turgan sharoitda boshlanganligini ham 
nazarda tutadi. Bu vaqtda O’zbekiston aholisi jon boshiga to’g’ri keladiran real 
daromadlar, ish haqi miqdori, oziq-ovqat mahsulotlari, zarur hayotiy ehtiyoj 
buyumlari, uy-joy, ijtimoiy-madaniy muassasalar, maishiy xizmat bilan 
ta’minlanish darajasi bo’yicha sobiq ittifoq rsspublikalari o’rtasida oxirgi 
o’rinlardan biriga tushib qoldi. Mavjud demografik vaziyat - aholi sonining 
muttasil usib borishi yuqoridagi ko’rsatkichlarga yanada kuchliroq ta’sir 
o’tkazayotgan edi. Uchinchidan, o’tish davrida, bozor tan olmaydigan korxonalar 
va faoliyat turlari, samarasiz ishlayotgan ishlab chiqarishga barham berildi. Bu 
ishchi va xodimlar muayyan qismining vaqtincha ishsiz qolishiga yoki ularni qayta 
tayyorlashni taqozo etardi. Natijada, ularni ham ijtimoiy himoyalash zarurati paydo 
bo’ldi. Bunday vaziyatda O’zbekiston Respublikasi Prezidenta Islom Karimov 
«shok terapiyasi» to’g’risida gap ham bo’lishi mumkin emasligini, "bozor 
ko’pchilik uchun ozor" bo’lmasligini, O’zbekistonga xalqimizning nogironlar, 
nafaqadorlar, ko’p bolali oilalar, o’quvchilardan iborat nochor tabaqalarini 
ayaydigan bozor kerakligini qayta-qayta ta’kidladi. «Aholining muxtoj tabaqalarini 
ijtimoiy himoyalash sira kechiktirib bo’lmaydigan, eng ustuvor vazifa, amaliy 
harakatlarning eng asosiy qoidasi...»
43
deb alohida uqtirib o’tdi. 
Mustaqillik arafasida O’zbekiston kishi boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab 
chiqarish bo’yicha sobiq ittifoqda 12-o’rinda turardi. Aholi jon boshiga milliy 
daromad ishlab chiqarish ittifoq ko’rsatkichidan ikki barobar past edi. Aholi jon 
boshiga xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish ittifoq darajasining 40 foizini 
tashkil etardi. Daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish 
bo’yicha eng oxirgi urinlarni egadladi
44

5-jadvaldan ko’rinib turibdiki, mustaqillikkacha O’zbekiston aholi jon 
boshiga chakana tovar aylanmasi, pullik va maishiy xizmat ko’rsatish bo’yicha 
43
Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 323-бет.
44
Ислом Каримов. Узбекистон мустак,илликка эришиш остонасида, Т., ―Ўзбекистон‖, 2011, 5-бет


34 
sobiq ittifoq respublikalari o’rtasida faqat Ozarbayjon va Tojikistondan yuqorida 
turardi. Chakana tovar aylanmasi bo’yicha o’rtacha ittifoq ko’rsatkichidan 1,8, 
Rossiya, Belorussiyadai 2, Boltiqbo’yi respublikalarinikidan 2.6 barobar past edi. 
Pullik va maishiy xizmat ko’rsatish bo’yicha ham respublikamiz ko’rsatkichlari 
faqat Ozarbayjon va Tojikistonnikidan yuqori bo’lib. sobiq ittifoq Rossiya, 
Ukraina, Belorussiya, Gruziya va Boltikbuyi respublikalari ko’rsatkichlaridan 
g’oyat past edi. Har ming kishiga oliy ma’lumotli vrachlar, o’rta maxsus 
ma’lumotli tibbist xodimlari va kasalxona o’rinlari bilan ta’minlanish bo’yicha 
ham axvol deyarli shunday edi. Uy-joy fondi borasidagi muammolar ham 
keskinlashdi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin