O'zbekiston respublikasi


 «O’zbek modeli» ning asosiy tamoyillari



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/16
tarix02.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#137006
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
dokumen.tips kurs-ishi-2020-6-14-asosiy-qism-1-oazbekistonda-bozor-iqtisodiyotiga-oatish

3. «O’zbek modeli» ning asosiy tamoyillari 
Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish va uning siyosatdan ustunligini 
ta’minlashning qanday zarurati bor edi? O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Islom Karimov iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning 
siyosatdan ustunligini ta’minlash - demokratik va bozor o’zgarishlarining 
asosi, deb ta’kidlaydi. Iqtisodiyot mafkuraviy tazyiqlarsiz, o’ziga xos ichki 
qonun va qoidalarga muvofiq rivojlangandagina demokratik siyosiy va 
ijtimoiy islohotlar uchun mustahkam moddiy asos yaratiladi. «Birinchi 
navbatda iqtisodiy negizni (bazisni) barpo etish va iqtisodiy islohotlarni 
amalga oshirish yangi jamiyat qurishning eng muhim shartidir. Bunda 
iqtisodiy o’zgartirishlar strategiyasi mafkuradan butunlay xoli etilishi, ya’ni 
siyosiy maqsadlarga erishish vositasi bo’lib xizmat qilmasligi kerak»
22

Sho’rolar davrida iqtisodiyot yetmish yil hukmronlik qilib kelgan 
kommunistik mafkuraning siyosatning qurboniga aylangan edi. N atija 
ma’lum. Iqtisodiyot ham bamisoli tirik organizm - erkin harakat 
qilgandagina yuksalishi mumkin. Zug’um ostida qolsa, o’zidagi mavjud 
imkoniyatlarni ruyobga chiqara olmaydi. Sobiq ittifoq - sho’rolar davrida 
milliy iqtisodiyotlar mehnat taqsimoti va i xtisoslashuvi kabi qator iqtisodiy 
qonuniyatlar va prinsiplar orqali amalda markazga bog’lab qo’yilgan, 
hukmron mafkura va siyosatga tamoman bo’ysundirilgan edi.
23
Sho’rolar davrida mavjud mehnat taqsimoti va ixtisoslashuviga ko’ra, 
sobiq respublikalarning iqtisodiy rivojlanishida, bir tomondan markazdagi 
yirik sanoat birlashmalari qatnashar edi. Ularning faolligi, eng avvalo, qayta 
ishlash va konchilik sanoati kompleksi tarmoqlariga qaratilgani ham sir 
21
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси 
Қонунчилик палатаси ва Сенатининг 2010 йил 12 ноябрдаги қўшма мажлисидаги ―Мамлакатимизда 
демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси‖ 
мавзусидаги маърузаси. -Т., 2010., 18-бет. 
22
Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 301-бет. 
23
Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг 2012 йилда мамлакатимизни ижтимоий-
иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2013 йилга мўлжалланган энг муҳим устувор йўналишларига 
бағишланган Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасидаги «Барча режа ва дастурларимиз Ватанимиз 
тараққиѐтини юксалтириш, халқимиз фаровонлигини оширишга хизмат қилади» мавзусидаги маърузасини 
ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиѐт. - 2011. 4-бет
 


16 
emas. Bu ishtirok milliy respublikalar sanoatining muay yan darajada o’sib, 
nisbatan zamonaviy texnologiyalar, yangi ishlab chikarish tarmoklarining 
paydo bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi, albatta.
24
1990-yillarning boshida O’zbekiston sanoat mahsuloti umumiy hajmida 
sobiq ittifoq vazirlik va idoralariga bo’ysunuvchi birlashma va korxonalar 
ishlab chikdradigan mahsulotlar hajmi 30 foizga yetgan edi. Ittifoq -
respublika vazirlik va idoralariga qarashli korxona va birlashmalarda esa 54 
foiz sanoat 
mahsuloti 
ishlab chiqarilar 
edi. 
Ikkinchi 
tomondan. 
O’zbekistonning Rossiya va boshqa respublikalardan keltiriladigan ishlab 
chiqarish va iste’mol tovarlariga bog’liqligi g’oyat kuchli edi. Iqtisodiy 
o’sishning tashqi omillarga bog’lanib qolganligi yakunlovchi ishlab 
chiqarish bosqichi ahamiyatining 75 haddan tashqari oshishiga, maxalliy 
mashinasozlikning esa zaifligicha qolishiga olib keldi. O’zbekistonda 
barcha sanoat mahsulotlari tarkibida mashinasozlik sanoatining ulushi 
nihoyatda past edi. Bunday taqsimot oqibatida sanoat asbob -uskunalari, 
texnologiya, 
fan-texnika 
yutuqlari 
tashqaridan 
olib 
kelinadigan 
mahsulotlarning asosiy yo’nalishi bo’lib qolaverdi. Cheksiz fosforit 
konlariga boy o’lkamizga, hatto gugurt ham tashqaridan olib kelinar edi.
O’zbekistonda mashinasozlikning asosi bo’lgan dastgoxsozlik ayniqsa 
zaif rivojlangan edi. Natijada ishlab chiqarish vositalari va sanoat 
materiallari ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, zamonaviy yirik yalpi 
ishlab chiqarish talablariga javob beradigan avtomat va yarim avtomat 
murakkab dastgohlar ishlab chiqarishni keng yo’lga qo’yib bo’lmasdi. 
Bularning barchasi metropoliya va mustamlaka xalqlar o’rtasidagi 
munosabatlarning amaldagi yakqol ifodasidir. Metropoliya hyech qachon 
mustamlaka o’lkaning jadal rivojlanishini istamaydi. Uni doim o’z tizginida 
tutib, har xil yo’llar bilan ipsiz bog’lab turishdan manfaatdordir. 
Iqtisodiyotning siyosat va mafkuraga bo’ysundirilgani yirik o’rta va 
kichik korxonalar o’rtasidagi nisbatga ham salbiy ta’sir ko’rsatmasdan 
qolmadi. 
Sobiq 
ittifoq 
vazirlik 
va 
idoralari 
tomonidan 
milliy 
respublikalarda, asosan, yirik korxona va birlashmalar qurildi. Chunki sobiq 
ittifokdagi mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv shunday amaliyotni taqozo 
qilar edi. Zo’rma-zo’raki tiqishtirilgan bunday amaliyotlar natijasida 
O’zbekiston iqtisodiyoti ham "gigantomaniya" degan xavfli "xastalikka" 
chalindi. Bu, albatta, o’lkamizda sanoat ishlab chiqarishning an’anaviy 
turlarini rivojlantirish, mehnat jamoalarining faolligi va tashabbuskorligini 
oshirish, bozor kon’yunkturasiga tezkor moslashishga katta monelik qildi. 
Xalqaro tajribadan ma’lumki, bir turdagi mahsulot ommaviy ishlab 
chiqariladigan joyda yirik ishlab chiqarish yaxshi samara berishi mumkin. 
Mayda (bir nafardan 19 kishigacha mehnat qiladigan) korxonalar 1980-
yillarda AQShdagi barcha korxonalarning 26,1, Yaponiyad a 49,4 va 
Italiyada 43,4 foizini tashkil etgan. Kichik korxonalar (ya’ni yigirmadan 99 
kishigacha ishlaydigan korxonalar) mos ravishda 28,4, 27,7 va 30,4 foizga 
24
Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012.63-бет 


17 
teng edi. O’rta korxonalar (bunga yuzdan 499 kishigacha ishlaydigan 
korxonalar kiradi) 24,0, 14,6 va 14,2 foiz, 500 nafardan oshiq ishchi mehnat 
qiladigan yirik korxonalar 21,5, 8,2 va 12,1 foizni tashkil etardi. Ushbu 
raqamlardan ko’rinib turibdiki, zamonaviy iqtisodiyotga ega Yaponiyada 
ishchilarning qariyb yarmi kichik korxonalarda mehnat qilgan . Mayda va 
kichik firmalar ish bilan band bo’lgan yaponlarning to’rtdan uch qismini 
birlashtirgan. Kichik korxonalar - iqtisodiyot poydevori, degan gapda 
hikmat ko’p.
25
Yirik 
korxonalar 
mayda 
ishlab 
chiqarishga 
nisbatan 
bozor 
kon’yunkturasiga qiyin moslashadi, har qanday yirik ishlab chiqarish 
jarayonida katta-kichik bo’shliqdar paydo bo’lishi tabiiy. Yirik korxonalar 
ularning hammasini ham yolg’iz o’zi hal etishi qiyin. Bunday sharoitda 
kichik ishlab chiqarish yordamga kelishi va paydo bo’lgan bo’shliqni 
to’ldirishi mumkin. Kichik ishlab chiqarish, o’z navbatida, ists’mol bozorini 
tovar bilan to’ldirish, aholini ish bilan ta’minlashni yaxshilash, raqobat 
muhitini yaratishga xizmat qiladi. 
Shuro zamonida sanoat mahsulotlari takibida ishlab chiqarish vositala ri 
bilan iste’mol buyumlari ishlab chikaradigan ishlab chiqarish o’rtasidagi 
nisbatni mutanosib deb bo’lmasdi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan 
ma’lumki, iste’mol buyumlari ishlab chiqarish bunda ustuvor o’rin tutishi, 
jadalroq rivojlanishi lozim. 
Qazib oluvchi va qayta ishlovchi tarmoqlar rivojlanishi o’rtasida ham 
nisbat buzilib keldi. Mineral xom ashyolarning katta qismi qayta 
ishlanmagan yoki yarim tayyor mahsulot holida O’zbekistondan olib chikib 
ketilardi. Deyarli barcha kon-ruda, metallurgiya kombinatlarida xom 
ashyoni qayta ishlash darajasi g’oyat past bo’lgan. Buning sababi shuki, 
konchilik sanoati sohasidagi ittifoq ahamiyatidagi yirik korxonalarning 
asosiy faoliyati respublikamizda mineral xom ashyoni t o’la qayta ishlash, 
vertikal integrasiya jarayoni, diversifikasiyani rivojlantirishga emas, balki 
xom ashyo ishlab chiqarish va markazga yetkazib berishga yo’naltirilgan 
edi. 
Bu boradagi salbiy oqibatlardan yana birini sanoat korxonalarini 
mahalliy ishchi kadrlar bilan ta’minlashda ham ko’rish mumkin. Bu 
sohadagi vaziyat shunday ayanchli holga olib kelingan ediki, zamonaviy 
korxonalar narida tursin, nisbatan ancha past rivojlangan sanoat sektorida 
ham mahalliy ishchi kadrlarning umumiy miqdori juda kam edi. 50-60 
yillarda ishga tushirilgan Navoiy, Zarafshon, Muborak, Angren, Yangiyer 
singari industrial shaharlar sobiq markaz vazirlik va idoralariga 
buysunuvchi yirik sanoat korxonalari bazasida bo’lgani uchun ularga zarur 
ishchi kadrlar ittifoqning boshqa respublikalaridan, asosan Rossiyadan 
25
Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг 2012 йилда мамлакатимизни ижтимоий-
иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2013 йилга мўлжалланган энг муҳим устувор йўналишларига 
бағишланган Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасидаги «Барча режа ва дастурларимиз Ватанимиз 
тараққиѐтини юксалтириш, халқимиз фаровонлигини оширишга хизмат қилади» мавзусидаги маърузасини 
ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиѐт. - 2011. 26-27 бетлар 


18 
ko’chirib keltirildi. Xolbuki, O’zbekistonning o’zida ishchi kuchi, 
salohiyatli kadrlar va mutaxassislar kam emasdi. Kam bo’lsa, ularni 
o’qitish, tayyorlash va kasbga yunaltirish ham mumkin. Bu, bir tomondan, 
mahalliy aholiga nisbatan e’tiborsizlik bilan qarashning, ikkinchi tomondan, 
mustamlakachilikka asoslangan siyosatning natijasidir. Bunday yondashuv 
nafaqat mahalliy millat vakillari orasidan yetuk ishchi kadrlar yetishib 
chiqishiga, balki, sanoatning jadal suratlarda rivojlanishiga ham monelik 
qiladi. Natijada mahalliy ishchi kadrlarni tayyorlash va tarbiyalash masalasi 
o’tgan asrning 20-30-yillarda qanday dolzarb ahamiyat kasb etgan bo’lsa, 
keyinchalik ham shundayligicha qolaverdi. Maxalliy millat vakillari 
Toshkent samolyotsozlik birlashmasi, vagon ta’mirlash zavodida 20-30 
foizdan oshmadi. Konmetallurgiya, mashinasozlik kabi tarmo qlarda ham 
vaziyat deyarli shundayligicha qoldi. 
Iqtisodiyotning mafkura va siyosat qurboni bo’lishi respublikaning 
tashqi iqtisodiy faoliyatida yanada kengroq namoyon bo’ldi. 1990 yilda 
O’zbekistonga tashqaridan olib kelingan mahsulotning 90 foizga yaqinini 
sanoat mahsulotlari tashkil etardi. Chetdan keltiriladigan moddiy ishlab 
chiqarish tarmoqlari mahsulotining 80 foizdan ziyodrog’i sobiq ittifoq 
respublikalari ulushiga to’g’ri kelardi. Keltiriladigan sanoat mahsulotlari 
tarkibida asosiy o’rinni mashinasozlik va metallga ishlov berish (27,7%), 
yengil (22,7%) va oziq-ovqat (15,2%) sanoatlari egallagan. 
Mahsulotlar, asosan, respublikalararo ayirboshlash b o’yicha chiqarilar 
va kiritilar edi. Tashqariga chiqarilgan sanoat mahsulotlari orasida asosiy 
o’rinni (59,7%) yengil sanoat mahsulotlari (paxta tolasi) tashkil etardi. 
Yana bir ayanchli holat shundan iborat ediki, tashqariga mahsulot 
chiqarishga nisbatan tashqaridan mahsulot kiritish ko’pchilik tarmoqlarda 
ancha yuqori edi. O’zbekistonning, ayniksa, mashinasozlik va metallga 
ishlov berish, kimyo va neft-kimyo, oziq-ovqat sanoati mahsulotlari buyicha 
tashqi bozorga bog’liqligi kuchaydi. 
1990 yilda xalq iste’moli tovarlari bo’yicha tashqaridan mol kiritish 
(importni qo’shganda) tashqariga mol chiqarishdan (eksportni qo’shganda) 3 
barobar ortiq bo’lgan. Nooziq-ovqat mahsulotlari (yengil sanoat 
mahsulotlari, madaniy-maishiy va xo’jalik mollari) buyicha mahsulot 
kiritish mahsulot chiqarishdan 4 barobar ko’p edi. 
Oziq-ovqat tovarlaridan go’sht va 
go’sht 
mahsulotlari, sut va sut 
mahsulotlari, 
tuxum, 
un, 
yorma, 
makaron, 
qand, 
qandolatchilik 
mahsulotlari, baliq, balik konservasi, margarin, konservalar, alkogolli 
ichimliklar keltirilsa, nooziq-ovqat tovarlaridan deyarli barcha turdagi 
gazlamalar, tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari, charm poyabzal, madaniy --
maishiy va xo’jalik tovarlaridan mebel, muzlatkichlar, kir yuvish 
mashinalari, televizorlar, radiopriyomnik qurilmalari, farfor-fayans, shisha 
va billur idishlar, velosiped va mopedlar keltirilgan. Har yili millionlab 
tonna paxta yetishtiriladigan o’lkada, hatto durustroq paypoq ishlab 


19 
chiqaradigan fabrika ham qurilmagan, shoir aytganideq "daryo bo’yida 
qultum suvga zor" edik!
26
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab vaziyat o’nglana boshladi. 
Lekin, iqtisodiyotning eski tuzumdan qolgan bunday mustamlakacha tarkibi 
bilan bozor munosabatlariga asoslangan mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo 
etib bo’lmasdi. Buning uchun izchil, tizimli va uzoqni ko’zlab ish tutish 
lozim edi. Mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar 
berayotgan samaralarni quyidagi raqamlardan ham qo’rish mumkin. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin