O′zbekiston respublikasi



Yüklə 125,7 Kb.
səhifə1/7
tarix09.12.2023
ölçüsü125,7 Kb.
#138708
  1   2   3   4   5   6   7
Ishlab chiqarish korxonasi

O′ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TA′LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

« IQTISODIYOT» kafedrasi

«MIKROIQTISODIYOT» fanidan

“Ishlab chiqarish korxonasi daromadlarini oshirish yollari” mavzusidagi

KURS ISHI


Bajardi: Iqtisodiyot fakulteti 2-kurs K 13-22 guruh
Iqtisodiyot” yo′nalishi talabasi Xoldarboyev Fazliddin

Ilmiy rahbar: Ermatov Ilhomjon

Himiya bahosi: _____________



Mundarija:


Kirish…………………………………………………………………………… 3
I Bob. KORXONA DAROMADI TUSHUNCHASINI NAZARIY ASOSLARI
1.1. Korxona-iqtisodiy ko′rsatkichlari tahlili………………………………. 6
1.2. Korxona foydasini oshirishni amaliy yo′llari…………………………. 14
II Bob. KORXONALARNINING MOLIYAVIY-IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO′LLARI VA OMILLARI.
2.1. Ishlab chiqarish korxonaning iqtisodiy faoliyatini boshqarish samaradorligi-ning mohiyati……………………………………………………………………. 18
2.2. Ishlab qicharish korxonalarining moliyaviy faoliyatini tahlil qilish usullari-ning asoslari……………………………………………………………………… 25


Xulosa …………………………………………………………………………... 30
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………... 33

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Mahsulot tannarxi korxona yoki ishlab chiqarish birlashmasi moliya-xo′jalik faoliyatining hamma tomonlarini aks ettiruvchi ko′rsatkichdir.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish tizimida birlashma va korxonalar faoliyatini baholashda foyda asosiy iqtisodiy ko′rsatkich qilib olingan. Ammo bu mahsulot tannarxi ko′rsatkichining ahamiyatini kamaytiradi, degan gap emas. Korxonalarning ishlab chiqarish-moliya rejasini tuzishda mahsulot tannarxi iqtisodiy ko′rsatkichiga alohida ahamiyat beriladi. Korxonalarda mahsulot tannarxini pasaytirishga qaratilgan e′tibor, muhim ustivor vazifani hal qilishda ishlab chiqarish resurslarini to′g′ri sarflash, belgilangan sarflash normativlariga rioya qilish, iqtisod qilish tartibini amalda keng qo′llash lozim. Shuning uchun hozirgi sharoitda ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishni to′g′ri tashkil qilishga katta ahamiyat berilmokda.
Bugungi kunda korxonalar foydasini shakllanish jarayoni va uning taqsimlanishi har bir birlashmada ishlab chiqarish hisobi va tannarxni to′g′ri tashkil qilishning imkoniyatlarini shakllantirgan holda quyidagilarni o′z ichiga oladi: avvaldan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan texnologiya rejasining mavjudligi, zamonaviy ishlab chiqarish talablariga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlari me′yorining mavjud bo′lishi, ombor xo′jaligining to′g′ri tashkil qilinishi va ishlab chiqarish zarur o′lchov asboblari va moslamalar bilan ta′minlangan bo′lishi, ishlab chiqarish xarajatlarining analitik schoti, kalkulyatsiya ob′ektlari hamda kalkulyatsiya birligini aniqlash, kalkulyatsiya moddalari, kompleks xarajatlar moddalari nomenklaturasini ishlab chiqish, kompleks xarajat moddalarini kalkulyatsiya ob′ektlari o′rtasida taqsimlash usulini tanlash muhim hisoblanadi.Ushbu holat mamlakatimiz hududida mahalliylashtirish dasturini jadallashtirishda eng muhim ustuvor vazifalarni belgilaydi. yo′nalishlariga bag′ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma′ruzasida quyidagicha to′xtalib o′tdilar: «Mahalliylashtirish dasturlarini amalga oshirish borasida to′plagan tajribamiz bizning tashqi omillarga bog′liqligimizni kamaytirish, ichki talabni shakllantirish va bozorlarimizni zarur iste′mol tovarlari hamda butlovchi mahsulotlar bilan to′ldirish, tashkil etilgan ishlab chiqarish quvvatlarining to′liq faoliyat ko′rsatishini ta′minlash, valyuta resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanish, aholi bandligini ta′minlash bo′yicha muhim rol o′ynashini amalda tasdiqlamoqda»1. Bu borda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishda korxonalarda xarajatlarni hisobga, xarajatlarni to′liq va ishonchli aks ettirish korxona foydasi, uning taqsimlanishi va ishlatilishini aniq maqsadga yo′naltirish dolzarb vazifalardan biri ekanligidan dalolat beradi.

Yüklə 125,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin