O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 306,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/18
tarix31.12.2021
ölçüsü306,38 Kb.
#112899
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Falsafiy qonunlar va kategoriyalar

Kategoriya  o‘zi  nima.  Bu  so‘z  qadimgi  yunon  tilidan  olingan  bo‘lib:  «izohlash», 

«tushuntirish»,  «ko‘rsatish»,  degan  ma'nolarni  anglatadi.  Uning  mazmunidagi  bunday  xilma-

xillik qadimgi davrlardanoq ilmiy tadqiqot yo‘nalishiga aylangan. 

Falsafa tarixida ularni birinchi bo‘lib, Arastu ta'riflab bergan. U o‘zining «Kategoriyalar» 

degan 

asarida 


ularni 

ob'ektiv 

voqyelikning 

umumlashgan 

in'kosi 

sifatida 

qarab, 

turkumlashtirishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» 

(substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o‘rin», «vaqt», «holat», «mavqye», «harakat», 

«azob-uqubat».  Bu  turkumlashtirish,  o‘z  vaqtida  ilmiy  bilishda  juda  katta  ahamiyatga  ega 

bo‘lgan.  Keyinchalik  Arastu  «Metafizika»  asarida  «mohiyat»,  «holat»  va  «munosabat» 

kategoriyalarini ham izohlagan. 

Umuman,  kategoriyalarni  falsafa  tarixida  ilmiy  mavzu  sifatida  o‘rganishni  aynan  Arastu 

boshlab berganligi e'tirof qilinadi. Ma'lumki, ungacha Yunonistonda ko‘proq politika va ritorika 




 

11 


 

(notiqlik san'ati) fanlari sistemalashgan, ya'ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. Chunki o‘sha 

davrda  qo‘shinni,  mamlakatni  va  odamlarni  boshqarish  uchun  siyosat  va  nutq  madaniyati 

sirlarini  bilish  katta  ahamiyatga  ega  bo‘lgan.  Ammo  o‘sha  davrlarda  falsafaning  qonunlari, 

kategoriyalari  va  asosiy  tayanch  tushunchalari  muayyan  tizimga  tushirilmagan,  izchil  bayon 

qilingan bilimlar sistemasi sifatida shakllantirilmagan edi. Hatto Yunonistonning mashhur olimi 

va mutafakkiri Suqrotni ham ana shunday, hali go‘yoki shakllanmagan fan bilan shug‘ullangani 

va yoshlarni bu ilm yo‘liga boshlab, ularning noto‘g‘ri tarbiyasiga sabab bo‘lganlikda ayblagan 

ham  edilar.  Bu  hol  Suqrotning  buyuk  shogirdi  Arastuning  mazkur  fanni  aniq  sistema  tarzida 

ifodalashga kirishishi uchun turtki bo‘lgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi 

marta sistemalashtirgan, ta'riflagan va falsafani fan darajasiga ko‘targan. O‘sha davrdan boshlab 

falsafa  o‘z  qonunlari,  tamoyillari,  kategorial  tushunchalariga  ega  bo‘lgan  fanga  aylangan. 

Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va ibn Sinolar ham katta ahamiyat berganlar. 

XVII-XIX  asrlarga  kelib,  falsafiy  kategoriyalar  tahlilida  yangi  davr  vujudga  keldi. 

Xususan,  I.  Kant  qarashlarida  kategoriyalar  «sifat»  (reallik,  inkor,  chegaralash),  «miqdor» 

(birlik,  ko‘plik,  yaxlitlik),  «munosabat»  (substansiya  va  xususiyat,  sabab  va  harakat,  o‘zaro 

ta'sir), «modallik» (imkoniyat va imkoniyatsizlik, voqyelik va novoqyelik, zaruriyat va tasodif) 

tarzida izohlangan. Kantdan farqli o‘laroq, Hyegel esa mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat, 

miqdor, me'yor), «mohiyat» (asos, hodisa, mavjudlik), «tushuncha» (ob'ektiv, sub'ektiv, absolyut 

g‘oya) tarzida izohlagan. 

Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning 

mantiqiy  tushunchalar  sifatidagi  quyidagi  tavsiflari  bor:  1)  ob'ektiv  voqyelikning  in'ikosi;  2) 

narsa  va  hodisalarning  o‘zaro  bog‘lanish  va  aloqadorligini  mantiqiy  umumlashtiruvchi  bilish 

usuli;  3)  narsa  va  hodisalarning  rivojlanishi  bilan  o‘zgarib  turuvchi  mantiqiy  tushuncha;  4) 

borliqning  mavjudligidan  kelib  chiqadigan  tarixiy  —  mantiqiy  bilish  darajalaridan  biri. 

Ko‘pchilik  mutaxassislar  kategoriyalar  olam,  undagi  narsa  va  voqyealar,  ularning  asosiy  va 

takrorlanib  turuvchi  aloqadorligini  ifodalaydigan  keng  mazmundagi  tushunchalardir,  degan 

fikrga  qo‘shiladilar.  Bu  ma'noda  borliq,  voqyelik,  harakat,  makon,  zamon,  miqdor,  sifat  va 

boshqalar falsafaning ana shunday kategoriyalaridir. 

Falsafada  o‘z  xususiyatlariga  ko‘ra,  «juft  kategoriyalar»  deb  ataladigan;  umumiy 

bog‘lanish  va  aloqadorlik  munosabatlarini  ifodalovchi  tushunchalar  ham  bor.  Ular  narsa  va 

hodisalarning muayyan yo‘nalishdagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, davriy takrorlanib 

turuvchi  bog‘lanish  va  aloqadorlik  munosabatlarini  ifodalaydi.  Falsafa  kategoriyalari 

mazmunidagi  ichki  birlik,  bog‘lanish,  aloqadorlik  va  munosabatlarning  yaxlitligi  bilish 

jarayonining uzluksizligini ta'minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan. 



 

12 


 


Yüklə 306,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin