O‘zbekiston respublikasi


Alohidalik,  xususiylik,  umumiylik



Yüklə 306,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/18
tarix31.12.2021
ölçüsü306,38 Kb.
#112899
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Falsafiy qonunlar va kategoriyalar

Alohidalik,  xususiylik,  umumiylik.  Ular  narsa  va  hodisalarning  rivojlanish  jarayonidagi 

makon-zamon  munosabatlarini  konkret  tarzda  namoyon  qiladi.  Umumiylik  -  olamdagi  alohida, 

individual tarzda namoyon bo‘layotgan narsa - hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi 

xossa  hamda  xususiyatlarning  mushtaraklashgan  holda  namoyon  bo‘lishidir.  Alohidalik  va 

umumiylik  o‘rtasidagi  bog‘lanish,  aloqadorlik  va  munosabat  «xususiylik»  kategoriyasi  orqali 

ifodalanadi.  Birinchidan,  bu  kategoriyalarning  mazmuni  olamning  birligi,  ularning  mantiqiy 

ifodasi  konkretlik  bo‘lib  hisoblanadi.  Ikkinchidan,  «alohidalik»,  «xususiylik»,  «umumiylik» 

narsa  va  hodisalarning  makon-zamon  konkretligini  ifodalaydigan,  nisbatan  mustaqil  mantiqiy 

tushunchalar tarzidagina namoyon bo‘lishi mumkin.  Zero, ularning nisbatan mustaqilligi,  ichki 

birligining namoyon bo‘lish shaklidir. 

Falsafiy  adabiyotlarda,  bilishning  umumiy  tendensiyasini  alohidalikdan  xususiylikka  va 

shu  bosqich  orqali  umumiylikka  o‘tish  tarzida  yoki  aksincha,  izohlash  keng  tarqalgan. 

Vaholanki, falsafiy bilishning asosiy xususiyati va maqsadi har qanday alohidalikning individual 

xususiyatlarini umumiylikdan farqlashdan iboratdir. Masalan, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga 

o‘tish  jamiyat  taraqqiyotining  umumiy  qonuniyati  bo‘lsa  ham,  bu  jarayon  turli  ijtimoiy-tarixiy 

makon  va  zamonda  har  bir  davlat  uchun  o‘ziga  xos  bo‘lgan  modelni  taqozo  qiladi. 

Alohidalikning  umumiylikdan  farqini  aniqlash  asosida,  maxsus  usul  va  vositalarini  qo‘llash 

bozor strategiyasi va taktikasining milliy xususiyatlarini belgilashga yordam beradi. 

Alohidalik  yoki,  ba'zi  falsafiy  adabiyotlarda  ko‘rsatilganidek,  yakkalikni  muayyan  xossa 

hamda  xususiyatga  ega  bo‘lgan  narsa  va  hodisalarning  makon  va  zamondagi  chegaralangan 

konkret  holati,  boshqacha  kilib  aytganda,  har  qanday  hodisa  va  narsaning  ichki  sifat 

muayyanligi, individualligi deyish mumkin. 

Antik  falsafada  alohidalik  kategoriyasining  mazmuni  muayyan  turg‘unlikka  ega  bo‘lgan 

birlik  sifatida  qaralgan  (Aflotun,  Arastu).  Hyegel,  alohidalikni  voqyealarning  zaruriy  shakli, 

makon va zamondagi tafovutlarning namoyon bo‘lish momenti sifatida qaraydi. 

Falsafada  milliylik  va  umuminsoniylik  masalasida  alohidalikning  umumiylikdan  farqini 

mutlaqlashtirish  natijasida  muayyan  qarashlar  vujudga  kelishi  mumkin  (Bu  haqda 

«Osiyosentrizm» va «evropatsentrizm» to‘g‘risida eslash kifoya). 

Vaholanki,  umuminsoniyat  sivilizatsiyasining  tadrijiy  rivojlanishida  muayyan  ichki  birlik 

mavjud bo‘lib, madaniyat tarixida har bir xalq, millat o‘z o‘rni va ahamiyatini namoyon qiladi. 

Shuning  uchun  umuminsoniyat  sivilizatsiyasi  tarkibidagi  milliy  madaniyatni  mutlaqlashtirish, 

muayyan  siyosiy  manfaatlarga  asoslangan  bo‘lib,  buyuk  davlatchilik,  shovinistik  qarashlardan 

boshqa  narsa  emas.  Bu  XX  asrning  30-yillarida  fashizm  mafkurasini  shakllantirgan  asosiy 

sababalardan biri edi. 




 

13 


 

Alohidalikni,  umumiy  qonuniyatlar  tarkibidagi,  elementlarning  individual  rivojlanish 

jarayoni  sifatida  olib  qarash  kerak.  Chunki  har  qanday  umumiylik,  dastlab  voqyelikning 

alohidaligi  tarzida  vujudga  keladi.  Shunga  ko‘ra,  har  qanday  sistema  o‘z  tarkibidagi  nisbatan 

yangi,  alohida  hodisalarning  individual  rivojlanishisiz  sodir  bo‘la  olmaydi.  Shunday  qilib, 

alohidalik voqyelik rivojlanishining xilma-xil shakllarini vujudga keltiradi. 

Narsa va hodisalarda alohidaliklarning konkret xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘lanishlar, bir 

tomondan,  umumiylikni  namoyon  qilish  bilan  bir  qatorda,  ularning  muayyanligi  va  mazmunini 

ham  belgilaydi.  Ikkinchi  tomondan  esa,  umumiylikning  konkretligi  alohidaliklar  sistemasi 

tarzida  namoyon  bo‘ladi.  Bu  sistemaga  strukturali  yondashish  bilishning  nisbatan  to‘laqonli 

bo‘lishini ta'minlaydi. Masalan, muayyan jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy munosabatlari o‘ziga 

xos bo‘lgan yo‘nalishlarini vujudga keltirgan. Ya'ni, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, diniy ekologik 

va boshqa shu kabi  ijtimoiy munosabatlar umumiy madaniyat  tarkibida  «iqtisodiy madaniyat», 

«huquqiy madaniyat», «siyosiy madaniyat», «ekologik madaniyat» va boshqa nisbatan mustaqil 

yo‘nalishlarga asos bo‘lgan. Bu madaniyat yo‘nalishlari nisbatan mustaqil bo‘lsa ham, bir-birini 

taqozo  qiladi.  Ularning  ichki  birligi  va  rivojlanish  tendensiyasi  umuminsoniyat  sivilizatsiyasi 

manfaatlaridan kelib chiqqan bo‘lib, umumiy taraqqiyot darajasiga mos keladi. 

Falsafaning  bu  kategoriyasi  bilan  «butun»,  «qism»  «struktura»,  «sistema»,  «element», 

kategoriyalari  o‘rtasida  uzviy  bog‘liqlik  va  muayyan  farqlar  mavjud.  Ya'ni  «alohidalik», 

«xususiylik»,  «umumiylik»  narsa  va  hodisalar  rivojlanish  jarayonidagi  bog‘lanish,  aloqadorlik 

munosabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo‘lsa, «butun», «qism», «struktura», 

«sistema»,  «element»,  kategoriyalari  esa,  ularning  makon  va  zamondagi  bog‘lanish 

munosabatlarini jarayon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtai nazardan, butunni - umumiylik, qismni 

yoki  elementni  -  alohidalik  tarzida  olib  qarash  holatlari  uchraydi.  Shuningdek,  muayyan 

o‘xshashlik  bo‘lishiga  qaramasdan,  sistemani  umumiylik  tarzida  qabul  qilish  mumkin  emas. 

Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmui ham bo‘lishi mumkin. Umuman, narsa 

va  hodisalarni  tarkibiy  jihatdan  «butun»,  «qism»,  element»larga  ajratish  bilishga  xos  nisbiy 

hodisa  bo‘lib,  uning  samaradorligini  ta'minlaydigan  zaruriy  shartdir.  Shunga  ko‘ra,  yuqorida 

aytilgan har ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib 

qaralishi kerak. 




Yüklə 306,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin