O‘zbekiston respublikasi


Sistema,  struktura,  element



Yüklə 306,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/18
tarix31.12.2021
ölçüsü306,38 Kb.
#112899
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Falsafiy qonunlar va kategoriyalar

Sistema,  struktura,  element  falsafaning  muhim  kategoriyalaridan  bo‘lib  hisoblanadi. 

Sistema - grekcha so‘z bo‘lib, mantiqiy ma'nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan 

birikma, degan ma'nolarni anglatadi. 

Sistema  kategoriyasining  mazmuni,  uni  tashkil  qilgan  elementlarning  strukturaviy 

munosabatlariga mos  keladi. Shu nuqtai nazardan, bilish jarayonidagi  sistemalashtirish,  nazariy 

faoliyat  sifatida,  ularning  tashkil  qilingan  tarkibiy  elementlarini  tarixiy-mantiqiy  izchil  tartibga 




 

14 


 

keltirish bilan izohlanadi. Xususan, bu elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga ko‘ra 

turkumlashtirish, muhim metodologik ahamiyatga ega, chunki insonning borliqni bilish faoliyati 

sistema  strukturasidagi  elementlarning  mavjudlik  holati  va  rivojlanishi  ob'ektiv  qonuniyatlarini 

o‘rganish asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga qaratilgan. Ya'ni, insonning ob'ektiv 

reallikni  nazariy  bilishga  asoslangan:  tashkillashtirish,  boshqarish,  nazorat  qilish  faoliyatlari 

samaradorligi  va  maqsadga  muvofiqligi  turli  kategoriyalardan  unumli  foydalanishi  bilan 

xarakterlanadi. 

Sistema  —  narsa  va  hodisalarning  bog‘lanishlari,  aloqadorligi  va  munosabatining  tartibli 

tadrijiy  rivojlanishini  ifodalaydi.  Struktura  esa,  narsa  hodisalar  bog‘lanishi,  aloqadorligi  va 

munosabatlari  tizimining  makon  va  zamondagi  birligini  ta'minlaydigan  sistemaning  mavjudlik 

holatidir.  Umuman,  struktura  (lotin  tilida  tuzilish,  tartib  degan  ma'noni  anglatib),  sistemani 

tashkil qilgan elementlarning nisbatan turg‘un bog‘lanish, aloqadorligi va munosabatidir. Hozirgi 

mavjud falsafiy qarashlarda strukturani sistemaning aspekti sifatida qarash ustuvordir. Sistemani 

tashkil  qilgan  elementlarning  strukturaviy  tuzilishi  uning  mavjudlik  holatini  hamda  rivojlanish 

istiqbollarini belgilab turadi. Masalan, tabiatdagi atomlarning tarkibiy tuzilishlari xususiyatlariga 

qarab,  moddiy  olamning  xilma-xil  ko‘rinishlari,  DNK  yoki  RNK  larning  o‘zaro  ichki 

munosabatlari,  xromosomalar  xilma-xilligi,  tirik  organizmlar  turli-tumanligi  aniqlangan.  Ular 

umumlashgan  xolda,  moddiy  olamning  ob'ektiv  realligi  tarzida  mavjud  bo‘lsa  ham, 

moddiylikning  konkret  strukturasiga  ega  bo‘lgan  sistemalardir.  Borliqni  tashkil  qilgan 

elementlarning munosabatlariga, makon va zamon xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura» 

va «tashqi struktura» ga ajratish mumkin. 

Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o‘zaro bog‘lanish,  aloqadorlik, munosabat 

jihatlarini  ta'minlaydigan  nisbatan  mustaqil  tarkibiy  qismidir.  Jamiyatda  element  ijtimoiy 

munosabatlarning  konkret  ko‘rinishlari  tarzida  namoyon  bo‘ladi.  Masalan,  jamiyatni  yaxlit 

sistema  deb  oladigan  bo‘lsak,  undagi  element  alohida  individlar,  ijtimoiy  qatlamlar, 

tabaqalarning  ongli  munosabatlari  tarzida  ko‘zga  tashlanadi.  Ya'ni,  jamiyatning  axloqiy, 

huquqiy,  siyosiy,  iqtisodiy  va  boshqa  munosabatlari  strukturaviy  tuzilishni  tashkil  qilgan.  O‘z 

navbatida,  sistemani  to‘laligicha  bilish,  uning  stukturaviy  tuzilishidagi  har  bir  elementning 

funksional faoliyatini alohida tahlil qilishni taqozo etadi. 

Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyatiga ko‘ra: muhim va muhim 

bo‘lmagan, asosiy va asosiy bo‘lmagan elementlarga ajratib o‘rganish alohida ahamiyatga ega. 

Chunki  har  qanday  konkret  element,  muayyan  sistemada  makon-zamon  xususiyatlariga  ko‘ra, 

o‘z  ahamiyatiga  ega  bo‘ladi.  Biroq,  ularning  ahamiyatini,  yuqorida  ko‘rsatilganidek, 

turkumlashtirish  mutlaqo  nisbiy  hamda  shartli  xarakterga  ega  bo‘lib,  muayyan  manfaatlar  va 

ehtiyojlar  asosida  yondashishdan  kelib  chiqadi.  Shunga  ko‘ra,  konkret  makon  va  zamonda 




 

15 


 

sistemani  tashkil  qilishdagi  elementlarning  ahamiyati  strukturaviy  funksiyasida  muqobilliklar 

vujudga  kelib  turishi  bilan  izohlanadi.  Ya'ni,  sistemadagi  uning  xarakterini  belgilab  turgan 

muhim  element,  ma'lum  vaqtga  kelib  muhim  bo‘lmagan  elementga  aylanishi  yoki  aksincha 

bo‘lishi mumkin. 

Umuman,  falsafaning  sistema,  struktura,  element  kategoriyalari  narsa  va  hodisalarning 

mazmunini, shaklini ochib berishda metodologik asos bo‘ladi. 


Yüklə 306,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin