Sabab va oqibat. Narsa va hodisalarning ichki birligi, yaxlitligi va tarixiy-tadrijiy
rivojlanish tamoyiliga ko‘ra, ularning mazmuni va shakli o‘zgarib turadi. O‘z navbatida, har
qanday sistemaning elementlari o‘rtasidagi strukturaviy bog‘lanish konkret mazmunga ega
bo‘lib, unga mos mazmunlarda o‘z ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakl
o‘rtasidagi aloqadorlik, bog‘lanish, munosabatning xarakteri muayyan sababga asoslanadi. Ya'ni,
narsa va hodisalarning sistema shaklida namoyon bo‘lishi, muayyan sabab oqibatidir. Demak,
narsa va hodisalarning tadrijiy rivojlanishi sabab-oqibat munosabatlari tarzida namoyon bo‘ladi.
Shunga ko‘ra, sabab - biror narsa va hodisa rivojlanish jarayonining oqibatidir.
Sababning mohiyati avvalgi hodisalarning oqibati sifatida vujudga kelayotgan hodisalar
uchun sababligidadir. Shunga ko‘ra, sababni bir vaqtning o‘zida oqibat tarzida qarash mumkin.
Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, har qanday oqibat sabab tarzida namoyon bo‘ladi. Shu bilan
birga, sababni narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon va zamondagi davriy
takrorlanishdan farqlash kerak. Chunki, sabab mavjudlikning genetik bog‘lanishlarini,
aloqadorliklarini ifodalashi bilan birgalikda, ularning istiqbollarini ham belgilab beradi. Hyegel
tili bilan aytganda, sabab-mohiyatning harakatdagi mavjudlik holatidir. Sabab falsafiy kategoriya
sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:
1) uning ob'ektiv xarakteri narsa va hodisalarning ichki, tarkibiy elementlari
munosabatlariga xos bo‘lib, mohiyatning real mavjudlik holatini ifodalaydi;
17
2) sababning konkretligi narsa-hodisalarning xususiyatlaridan kelib chiqadi, hamda uning
individualligini ta'minlaydi;
3) sabab umumiy xarakterga ega bo‘lib, hyech qanday narsa va hodisaning rivojlanishi
sababsiz sodir bo‘lmaydi;
4) sabab zaruriy bo‘lib, muqarrar ravishda, muayyan oqibatlarni keltirib chiqaradi;
5) sababning uzluksizligi, bir tomondan, turli sabablarning izchil bog‘lanishlarini,
munosabatlarini, ikkinchi tomondan, har bir sababning oqibat tarzida oldingi sabab bilan
bog‘liqligini xarakterlaydi.
Dostları ilə paylaş: |