Tabiat qonunlarining yana bir eng muhim xususiyati — u ob'ektiv xarakterga ega, ya'ni u
insonga ham, insoniyatga ham bog‘liq emas. Biror kishi, hatto millatning irodasi bilan ham,
tabiat qonuniga tub o‘zgartirish kiritish yoki uni butunlay yo‘q qilish mumkin emas. Chunki bu
qonunlarning asosini tashkil qilgan bog‘lanishlar, munosabatlar ob'ektiv xususiyatga ega.
Olamdagi har bir narsa va hodisa bir-birini taqozo qiladigan va shu bilan birga, bir-birini
istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar birligidan iborat. Demak, voqyelik va o‘zgarish
jarayonida ayniyat va ziddiyatning bo‘lishi ham odatiy hol. Masalan, issiq va sovuq, oq va qora,
kecha va kunduz, elektrning musbat va manfiy zaryadlari, yaxshilik va yomonlik, adolat va
jaholat va h. k. Qarama-qarshi tomonlar bir-birini inkor etadi va shu bilan birga biri ikkinchisini
taqozo etadi, biri ikkinchisisiz mavjud bo‘la olmaydi. Faraz qilaylik, magnitning manfiy zaryadi
bo‘lmasa, u holda ushbu narsa magnit bo‘lolmaydi.
Dostları ilə paylaş: |