Kompyuterdagi multimediya orqali tarozi haqidagi topishmoq eshittiriladi.
Tarozi turlari ekranda birma-bir korsatiladi.
1-misol: Rasmga qarab tuzning va unning og`irligini ayting?
Bu masalani yechishda tarozi surati ko`rsatiladi. O`quvchilar og`zaki ishlaydilar.
2-masala: Doskaga masalaning qisqa yozuvi yoziladi.
Qovoqning og`irligi 9 kg.
Tarvuzning og`irligi qovoqdan 2 kg kam.
Tarvuzning og`irligi qancha?
Bu masalani tushuntirishda qovoq va tarvuz suratlari osib qo`yiladi.
Yechish: 9 kg 2 kg = 7 kg.
Qovoq va tarvuzning shifobaxsh xususiyatlari tushuntiriladi.
3-misol: Bu misolni o`qituvchi ertak asosida olib boradi va tushuntiradi.
Doskaga Zumrad rasmi va misollar yozilgan plakat osib qo`yiladi. Plakatdagi misollarning ayrimlari noto`g`ri ishlab qo`yiladi.
O`qituvchi ertakni boshlaydi:
Bir bor ekan, bir yo`q ekan bir qishloqda aqlli, mehnatsevar, mehribon zumrad ismli qiz bor ekan. Ogay onasi unga misollarni togri ishlamasa ormonga olib borib tashlashini aytibdi.
10 9 = 1 8 + 11 = 9
7 + 2 = 9 19 2 =5
8 4 = 2 6 + 4 = 13
O`quvchilarkeling, misollarni ishlashda Zumradxonga yordam beramiz.Agar biz unga yordam bermasak, otasini va ozini ogay onasi hafa qilishi mumkin. Kim yordam beradi?
O`quvchilar birin-ketin doskaga chiqib, misollarni yecha boshlaydilar.
Misolni to`g`ri bajargan o`quvchilar baholanadilar.
Doskaga Sehrli bog`ga sayohat nomli plakat osib qo`yiladi. O`qituvchi ertak asosida darsni boshlaydi.
Bir bor ekan, bir yo`q ekan bir sehrli bog` bor ekan. Bu bog`da qiziqarli mo`jizalar bor ekan. Kimda kim bu mo`jizani ko`rmoqchi bo`lsa, bog` oldida sehrli olma bor, pishib yotgan olmalar orasidagi misol va savollarga javob bersalar, ularga Sehrli bog eshigi ochiladi, deb tushuntiriladi.
O`quvchilar birin-ketin doskaga ochilgan maket oldiga kelib olmadan oladilar va ular orqasidagi misollarga javob topadilar.
Masalan : 10-6= 10-1=
5=1= 10-2=
1=4= 10-7=
7=2= 8-3=
To`g`ri javob topgan o`quvchilarning qo`llariga olmachalar beriladi va darsdan keyin bog`ga sayohat qilishlari aytiladi.
Dostları ilə paylaş: |