O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 176,61 Kb.
səhifə17/39
tarix01.01.2022
ölçüsü176,61 Kb.
#107044
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
boshlangich sinf oquvchilarni jismoniy rivojlanganlik va tayyorgarlik korsatkichlari

Suyaklarning birlashuvi.

Odam tanasidagi barcha suyaklar birikishi natijasida tana skeleti hosil bo‘ladi. Suyaklar birlashuvi anatomik-fizialogik xususiyatiga ko‘ra uch turga bo‘linadi




  1. Harakatsiz (uzluksiz) birlashma -sinartrosis. 2.Harakatchan (uzlukli) birlashma-diarthrosis. 3.Yarim bo‘g‘im (chala bo‘g‘im)- hemiartrosis.

Harakatsiz yoki kam harakatli birlashmada suyaklar o‘zaro tog‘ay yoki qo‘shuvchi parda yordamida birlashadi va o‘z navbatida uchga bo‘linadi.


  1. Sindesmos birikish: Suyaklar tolali biriktiruvchi to‘qimalar vositasida birikadi. Masalan boldir va bilak suyaklararo parda vositasida birikishi, kalla skeleti qopqog‘i suyaklarining chok hosil qilib birikishi.

  2. Sinxondroz birikish: Suyaklar tog‘ay to‘qimasi ishtirokida birikadi. Masalan, qovurg‘alarning to‘shga birikishi yoki umurtqa suyagi tanalarining tog‘ay diski vositasida birikishi.




  1. Sinostoz birikish: Suyaklarning o‘zaro bevosita birikishi, masalan 5 ta dumg‘aza umurtqasining bitta dumg‘aza suyagiga birikishi.

Harakatchan birikishda suyaklar bo‘g‘imlar hosil qiladi. Bunda bo‘g‘im yuzasini hosil qilishda asosiy hosilalar (komponentlar) bo‘lishi lozim:




  1. suyaklarda bo‘g‘im yuzalari bo‘lishi shart.




  1. bo‘g‘im yuzalari tog‘ay bilan qoplangan bo‘lishi lozim.




  1. bo‘g‘im kapsulasi (xaltasi) 2 qavatdan iborat bo‘lib, ichki sinovial (shillik) suyuqlik ishlab chiqariladigan va tashqi: yupqa, pishiq fibrioz qavatdan iborat bo‘lishi kerak.




  1. suyaklarda bo‘g‘im hosil qiluvchi yuzalari orasida bo‘g‘im bo‘shlig‘i bo‘lib uning atrofi kapsula bilan qoplangan. Undagi sinovial suyuqligi suyaklarning epifizar yuzalarining ishqalanishini kamaytiradi, bo‘g‘imdagi harakatni yengillashtiradi, issiqda sovitadi, sovuqda isitib, harakatga moslashtirib turadi.




Yüklə 176,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin