O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 176,61 Kb.
səhifə26/39
tarix01.01.2022
ölçüsü176,61 Kb.
#107044
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
boshlangich sinf oquvchilarni jismoniy rivojlanganlik va tayyorgarlik korsatkichlari

Hiqildoq ichki tomondan shilliq parda bilan qoplangan. Yuqori bo‘limida u tovush boylamlari nomini olgan burmalar hosil qiladi. Tovush boylamlari tarang tortilgan, elastik va zich, juda harakatchan tuzilmalardan iborat. Ular bag‘rida taranglashish va bo‘shashish xususiyati bo‘lgan tovush muskullari joylashgan. Tovush boylamlari jipslashgan nafas orqali chiqariladigan havo oqimi ularni tebranishga majbur etadi. Burmalar harakati - chatsotasi turlicha bo‘lishi mumkin, tovushning balandligi ana shunga bog‘liq, tebranishlar soni nechog‘li ko‘p bo‘lsa, tovush shu qadar yuqori bo‘ladi. Burmalar sekundiga 80 dan 10 000 gacha va bundan ko‘p tebranishi mumkin.

Tebranishlar amplutudasi ham bir xil emas, shunga ko‘ra, tovush qattiqligi ham o‘zgaradi. Tebranishlar butun burmaga yoki uning ayrim qismlariga ham ko‘ndalang, ham uzunasiga yo‘nalishda tarqalishi mumkin, bu holat tovushga muayyan tembr-ohang beradi.

Tovush burmalari bilan qo‘shni bo‘lgan hamma organlar va to‘qimalar o‘zaro bog‘liq va so‘zlashuv nutqida til, lablar, tishlar, tanglay va rezonatorlar sifatida halqum, burun halqum, og‘iz bo‘shlig‘i, burun bo‘shlig‘i va uning qo‘shimcha bo‘shliqlari, traxeya ishtirok etadi. Ayollarda tovush boylamlarining uzunligi o‘rta hisobda 18-20 mm, erkaklarda 20-22 mm bo‘ladi [13].

Bola ulg‘aygan sari tovush o‘zgaradi va balog‘atga yetish davrida bu ayniqsa, sezilarli bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar mutatsiyalar nomini olgan va qiz bolalarda, odatda, tinch o‘tadi, tovushdagi o‘zgarishlar sezilarli bo‘lmaydi. Chunki, qiz bolalarda hiqildoq uchdan bir qismga, o‘g‘il bolalarda esa deyarli ikki baravarga kattalashadi. Shunga yarasha tovush burmalari ham o‘zgaradi. Mutatsiya davri 1,5-2 yil davom qiladi, so‘ngra tovush o‘ziga xos bo‘lib shakllanadi.

Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda tovush boylamlari katta va tovush yorig‘i tor bo‘ladi, 12 yoshga kelib u katta odamdagi kabi bo‘ladi. Qiz bola va o‘g‘il bolalarda hiqildoqning jinsga oid farqi uch yoshga yetgandayoq paydo bo‘ladi va 15 yoshda erkak hiqildog‘i belgilari uzil-kesil shakllanib bo‘ladi. Erkak hiqildog‘ida qalqonsimon tog‘aylarning bir-biriga qo‘shilish burchagi bo‘yinda yaxshi ko‘rinib, tashqariga turtib chiqadi. Erkaklarning tovush boylamlari ayollarnikidan yo‘g‘on va kalta bo‘ladi, bu tovushning balandligi va ohangida aks etadi.


Yüklə 176,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin