Bolalar va o‘smirlarda tashqi nafas ko‘rsatkichlari.
Bola nechog‘li yosh bo‘lsa, shuncha tez-tez nafas oladi. Chunonchi, 6-7 yashar bolalarda nafas harakatlari soni minutiga o‘rta hisobda 24 ta bo‘lsa, 8-10 yashar bolalarda-22 ta, 12 yashar bolalarda 21 ta bo‘ladi. Nafas harakatlari soni asta-sekin kattalar normasiga yaqinlashib boradi. Ayollarda nafas harakatlari soni minutiga 18 ta bo‘lsa, erkaklarda 16 ta. O‘g‘il bolalar 8 yasharlik paytida qiz bolalarga qaraganda tez-tez nafas oladi. 10 yoshdan keyingina qizlarning nafasi tezlashadi.
Nafas harakatlari soni bilan yurak qisqarishlarining soni o‘rtasida muayyan bog‘lanish borligi aniqlangan. Masalan, 11 yashar bolalarda bitta nafasga 3-4 puls zarbi to‘g‘ri kelsa, katta yoshli odamlarda 4-5 zarb to‘g‘ri keladi.
Har safar xotirjam nafas olganda o‘pkaga kiradigan va nafas chiqarganda undan chiqadigan havo miqdoriga nafas havosi deb aytiladi. Bolaning yoshi ulg‘aygan sayin nafas harakatlari chuqurligi ortib boradi.
Dostları ilə paylaş: |