boshlangich sinf oquvchilarni jismoniy rivojlanganlik va tayyorgarlik korsatkichlari
Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi: Aholi salomatligi har qaysi davrda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin aholi salomatligini saqlash va mustahkamlash, o‘rtacha umr davomliligini uzaytirish, kasalliklarga qarshi turish va ularni oldini olishga oid muammolar eng dolzarb masalalarni tashkil etadi. Shu sababli birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning amalga oshirgan ishlari hamda bugungi kunda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning shaxsiy tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan “Harakatlar strategiyasi” yuqoridagi masalalarni ijobiy hal qilishga yo‘naltirilgan bir qator chora va tadbirlar ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilishga qaratilgan.
Shu o‘rinda o‘quvchilarni jismoniy tayyorlik va rivojlanish ko‘rsatkichlarini o‘rganish orqali ularni qanchalik darajada sog‘lom o‘sib rivojlanayotganligi haqidagi ma'lumotlar barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim ahamiyatga ega. Yuqoridagilarni hisobga olib bizning bitiruv malakaviy ishimiz “Boshlang’ich sinf o’quvchilarni jismoniy rivojlanganlik va tayyorgarlik ko’rsatkichlari” ni o‘rganishga bag‘ishlangan.