boshlangich sinf oquvchilarni jismoniy rivojlanganlik va tayyorgarlik korsatkichlari
O‘pkaningtirikliksig‘iminianiqlash. O‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash uchun spirometr asbobidan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda o‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchashda quruq spirometrdan keng foydalanilmoqda. Quruq spirometr plastmassadan yasalgan bo‘lib, asosiy korpus va mushtukdan iborat. Asosiy qismida esa “0” dan “6” gacha raqam tushirilgan harakatchan plastmassali oyna, strelkani harakatga keltiruvchi parrak va mushtukni tutashtirish uchun moslamadan iborat bo‘ladi. Quruq spirometrdan foydalanib o‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash uchun avvalo raqam tushirilgan harakatchan plastmassali oyna “0” soni strelka ustiga to‘g‘rilanadi. Margansovka yoki spirt tekkizilgan paxta bilan yaxshilab artilgan mushtuk spirometrning asosiy korpusidagi moslamaga mahkam qilib kiydiriladi. So‘ng chuqur nafas olib, shu mushtukka chiqarilsa, chiqarilgan havo ta’siridan parrak aylanib strelkani raqamlar bo‘ylab harakatlantiradi. Shu strelka ko‘rsatgan raqam o‘pkaning tiriklik hajmi bo‘lib hisoblanadi. O‘lchash aniqligi 10 ml.