Yurakqisqarishlarsoninianiqlash. Sinaluvchi odamning bilak arteriyasidan pulsni va yurak urishlari chastotasini fonendoskop orqali tinch holatda eshitiladi. Sinaluvchi odamning kaft usti bo‘g‘imidan bir oz yuqorida bilak arteriyasi ustiga ko‘rsatkich va o‘rta barmoqni qo‘yib, tinch holatda pulsni yoki ko‘krak qafasining chap tomonida qo‘ltiq chizig‘i o‘tadigan joydan beshinchi va oltinchi qovurg‘alar orasini ustiga fonendoskop qo‘yib, yurak urishlar chastotasini 15 sekund davomida eshitiladi va sanaladi, olingan raqamni to‘rtga ko‘paytirish yo‘li bilan minutlik yurak urishlar chastotasini aniqlanadi. Bu holat ya’ni, yurak urishlar chastotasini aniqlashda bir minut davomida yurak urishlar soni eshitiladi va sanaladi.
Ikkioyoqdaturib uzunlikkasakrashdaoyoqningto‘rtboshlimuskulkuchinianiqlash. Bunda sinaluvchi belgilangan start chizig‘idan turib, bor kuchini to‘plab, oldinga intilib sakraydi va sakrab tushgan joyida muvozanatni saqlab qoladi. Natija o‘quvchining tovonining orqa chegarasidan hisoblanadi. O‘lchash aniqligi 0,5sm.
Qo‘lkaftiniixtiyoriymaksimalharakatlanishsoninianiqlash. Bunday natijani aniqlash uchun oq qog‘ozlardan kartochkalar tayyorlanib, o‘quvchilarga yumshoq grafitli qalam bilan beriladi va 10 sekund
davomida shu qog‘ozga nuqtalar urishi tushuntiriladi. Shu usul bilan qo‘l kaftini ixtiyoriy maksimal harakatlanish soni aniqlanadi.