Bitiruv malakaviy ish mavzusining maqsadi va vazifalari: Boshlang’ich sinf o’quvchilari orasida uchinchi va to‘rtinchi sinfda o‘qiyotgan o‘g‘il bolalarning jismoniy rivojlanganligi va jismoniy tayyorligi ko‘rsatkichlarini kuzatish va tahlil qilish.
Uchinchi va to‘rtinchi sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishi va tayyorligining morfologik ko‘rsatkichlaridan bo‘yi, tana og‘irligi va ko‘krak qafasi aylanasining uzunligini, funksional ko‘rsatkichlardan spirometriya, qo‘l dinamometriyasi va pulsometriya va jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlaridan o‘rnida turib ikki oyoqda uzunlikka sakrash va 10 s davomida qo‘l kaftini maksimal harakatlantirish mashqlari bajarish kuzatiladi.
Olingan natijalarni statistik tahlil qilish va tegishli xulosalar va tavsiyalar chiqarish.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi: Andijon viloyatining tog‘li hududlarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishi va tayyorligi ko‘rsatkichlari mustaqillik yillarida tartibli ravishda birinchi marta o‘rganilmoqda.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy va amaliy ahamiyati. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishi va tayyorligi ko‘rsatkichlarini kuzatish natijasida olingan ma'lumotlar ishning ilmiy ahamiyatini belgilaydi.
Uchinchi va to‘rtinchi sinfda o‘qiyotan o‘g‘il bolalarning jismoniy rivojlanishi va tayyorligini kuzatish natijalarida olingan o‘rtacha ko‘rsatkichlardan jismoniy tarbiya darslari va chiniqish mashg‘ulotlarini rejalashtirish va o‘tkazishda jismoniy yuklamalarni tanlashda, amaliy tibbiyotda va bolalarning kiyimlari poyafzali, maktab mebellari va jixozlari kattaliklarini aniqlashda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |