O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 176,61 Kb.
səhifə24/39
tarix01.01.2022
ölçüsü176,61 Kb.
#107044
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
boshlangich sinf oquvchilarni jismoniy rivojlanganlik va tayyorgarlik korsatkichlari

Nafas olish yo‘llarining tuzilishi va rivojlanishi. Nafas olish yo‘llarining boshlang‘ich bo‘limi burun bo‘shlig‘i hisoblanadi. Bola 10-14 yoshga etguncha burnining shakli o‘zgaradi va o‘lchami kattalashadi. Taxminan

5 yoshga kelib, peshona suyagiga o‘tish chegarasida egarsimonlikning rivojlanishi sezilarli bo‘ladi. Burun bo‘shlig‘ida uning yon yuzalarida to‘rttadan chig‘anoq: eng yuqorigi, yuqorigi, o‘rta, pastki chig‘anoqlar joylashgan. Eng yuqorigi chig‘anoq asta-sekin yo‘qoladi, katta odamda ularning soni uchta bo‘ladi. Chig‘anoqning orasida yo‘llar bo‘ladi. Bolalarda ular ikkita: yuqorigi va o‘rta yo‘llar. 9 yoshga kelib uchinchi- pastki yo‘l, 8-9 yoshlarga kelib gaymor bo‘shliqlari va peshona bo‘shlig‘i, 6 dan 12 yoshgacha asosiy va qo‘shimcha bo‘shliqlar rivojlanadi.

Burun bo‘shlig‘i kiprikchali epiteliydan tashkil topgan shilliq parda bilan qoplangan. Har bir kiprikli hujayrada uzunligi 3-7 mikrometrga teng 200 tagacha kiprikchalar bo‘lib, ular minutiga 160-250 marta tebranadi. Hamma kiprikchalarning haraqati qat’iy muvofiqlashgan: ular burun-halqumga tomon tebranib, burun shilliq pardasi ishlab chiqaradigan burun shilimshig‘ini doimo unga itarayotgandek harakatlanadi [9,12].

Burunning egri-bugri devori shilliq pardasida havo tarkibidagi turli xil yot zarrachalarning 40% gacha qismi tutilib qoladi, bunda o‘lchami 50

mikrometrdan yirikroq bo‘lgan, nisbatan, yirik zarrachalargina tutilib qoladi, xolos. Burun bo‘shlig‘i ko‘z yoshi – burun yo‘li orqali ko‘z kosasi bilan tutashadi va ko‘z yoshi suyuqligi uni doim namlab turadi.


Yüklə 176,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin