O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 176,61 Kb.
səhifə25/39
tarix01.01.2022
ölçüsü176,61 Kb.
#107044
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
boshlangich sinf oquvchilarni jismoniy rivojlanganlik va tayyorgarlik korsatkichlari

Burun halqum. Burun-halqum og‘iz va burun bo‘shlig‘ining orqasida, lekin asosiy suyak va yuqori bo‘yin umurtqalarining oldida joylashgan. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning burun-halqumi kambarroq bo‘lib, ancha tik joylashgan. Uning yon devorlarida qattiq tanglay damida turadigan evstaxiev naylarining yutish teshiklari ko‘rinadi.

Burun-halqumda bodomcha bezlari halqasi bor (2 ta tanglay, 2 ta nay, 1 ta yutqun va 1 ta til bezi). Bodomcha bezlari bolalarda hayotining ikkinchi yilida ancha tez rivojlanadi, 4 yoshga kelganda esa hammadan ko‘p rivojlanib bo‘ladi [4,6].

Burun-halqum bo‘shlig‘ida adenoidlar degan nom bilan ataladigan bezsimon to‘qima tuzilmasi ham bor. Ba’zi bolalarda bular juda katta bo‘ladi va burun bilan nafas olishga xalal beradi. Bunday bolalarni operatsiya qilib davolash kerak.

Burun-halqum pastga davom etib hiqildoqqa o‘tadi. U harakatchan birikkan tog‘aylardan iborat, eng kattasi qalqonsimon tog‘ay deyiladi. Uning yuqorisida hiqildoq usti qopqog‘i va cho‘michsimon tog‘aylar, quyiroqda uzuksimon tog‘ay yotadi. Hiqildoq usti qopqog‘i ovqat yutish paytida hiqildoqqa kirish qismini berkitib turadi.




Yüklə 176,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin