O‘zbekiston respublikasi


Nafas olishning yoshga qarab o‘zgarishi



Yüklə 176,61 Kb.
səhifə30/39
tarix01.01.2022
ölçüsü176,61 Kb.
#107044
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39
boshlangich sinf oquvchilarni jismoniy rivojlanganlik va tayyorgarlik korsatkichlari

Nafas olishning yoshga qarab o‘zgarishi. Yosh bolalarning nafas olish a’zolari katta odamlarnikiga qaraganda ham morfologik jihatdan, ham funksional jihatdan birmuncha zaifroq bo‘ladi. Masalan, endi tug‘ilgan bolalarning burun orqali nafas olishi bu yerdagi teshikning kichikligi, yo‘lning zaifligi uchun juda yuzaki bo‘ladi. Burun bo‘shlig‘ida ko‘plab shilliq moddalar ishlab chiqarilib, ular muhit sharoitining ozmuncha o‘zgarishi bilan bitishi mumkin va oqibatda nafas olish og‘irlashib qoladi. Burundan boshlangan nafas yo‘llari 4-5 yoshda shakllanib, 13-14 yoshda katta o‘zgarishlarga uchraydi. Chunonchi, jinsiy taraqqiyotning boshlanishi bilanoq qiz va o‘g‘il bola hiqildoqlari bir-biridan hajm jihatdan katta kichikligi bilan farq qiladi, o‘g‘il

bolalarda u kattalashib, tovush chiqaruvchi pardalari ancha yo‘g‘onlashadi. Traxeyalar ham endi tug‘ilgan bolalarda voronkasimon bo‘lib, kalta va nozik bo‘ladi. 6 haftalik va 14-16 yoshlik bolalarda traxeya ancha tez o‘sadi. Bronxlar ham yangi tug‘ilgan bolalarda kam taraqqiy etgan bo‘lib, birinchi yosh va jinsiy yetilish davriga kelib tez taraqqiy etadi.

Yoshning oshib borishi bilan o‘pka ham taraqqiy etib boradi. O‘pkadagi asosiy o‘zgarishlar alveola pufaklarining yil sayin ko‘payib va kengayib borishidir. Agar endi tug‘ilgan bolalarda o‘pka yuzasi 6 m2 ga teng bo‘lsa, 17 yoshli bolalarda 90 m2 ga yetadi. O‘pka hajmi esa bu orada 20 marta oshadi.

Bola yoshining oshishi bilan nafas olish muskullari ham rivojlana boshlaydi. Bunday o‘zgarish ayniqsa, jinsiy yetilish davrida kuchli bo‘ladi. Endi tug‘ilgan bolalarda asosiy nafas olish muskuli diafragma muskuli hisoblanadi. Shuning uchun ham ularda qorin bilan nafas olish rivojlangan bo‘ladi. 1-3 yoshdan boshlab qovurg‘alararo muskullar rivojlana boshlaydi va 7 yoshga kelib ular shiddatli holda ishlaydi va oqibatda ko‘krak bilan nafas olish vujudga keladi. 14-17 yoshlarga kelib o‘g‘il va qiz bolalarda nafas harakatlarining o‘ziga xos tomonlari shakllanadi. Jumladan, qiz bolalarda qorin bilan nafas olish rivojlanadi. Demak, qiz bolalarda ko‘krak muskullari ko‘proq nafas harakatlarda ishtirok etsa, o‘g‘il bolalarda esa diafragma va qorin muskullari ishtirok etadi [8,14].



          1. Yüklə 176,61 Kb.

            Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin